Sharopova Nigora Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston janubiy viloyatlarida umumta’lim maktablari tizimidagi islohotlar va uning natijalari (1991-2017 yy)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar253. Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Otamurodovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Mo‘minova Gavxar Esonovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston janubiy viloyatlarida umumta’lim maktablari tizimidagi islohotlar va ularning natijalarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ijtimoiy vaziyat va uning umumiy o‘rta ta’lim tizimiga ta’siri, maktablarni tashkil etishda hududning demografik  xususiyatlari hisobga olinmaganligi, umumiy o‘rta ta’lim tizimida raqobatning yo‘qligi keyingi ta’lim bosqichlari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi va tizimga differensial yondashuvning zarurligi aniqlangan;
1991-1997 yillarda umumta’lim maktablari tizimi muammolari, xususan, huquqiy bazaning etarli emasligi, moddiy ta’minotning nochorligi, kadrlar tanqisligi va soha mutaxassislari malakasining etarli emasligi kabilar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari maktablari faoliyati misolida ochib berilgan;
1997-2016 yillarda janubiy viloyatlarning umumta’lim maktablari, o‘quvchilari va o‘qituvchilar soni dinamikasi shahar va tumanlar kesimida tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularga ta’lim berishda majburiy fanlar ulushining yuqoriligi, xususiy ta’lim shaklida raqobatning yo‘qligi kabi samarasiz mexanizm o‘quvchilar ongining zamon talablaridan ortda qolishiga hamda ularning dunyoqarashining sayoz bo‘lishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichi tumanlar kesimida aniqlanib, ixtisoslashgan maktablar va ular faoliyatida o‘quvchilarning maktab hayotiga qiyinchiliksiz o‘rganishini ta’minlash, har bir o‘quvchining qobiliyatini rivojlantirish ustida ishlash  kabi o‘xshash va maktab moliyaviy ta’minoti, ishlaydigan ota-onalarga qulaylik yaratish kabi farqli jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston janubiy viloyatlari umumta’lim tizimi tarixi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
1991-1997 yillarda umumta’lim maktablari tizimi muammolari, xususan, huquqiy bazaning etarli emasligi, moddiy ta’minotning nochorligi, kadrlar tanqisligi va soha mutaxassislari malakasining etarli emasligi kabilar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari maktablari faoliyatiga oid  ilmiy natijalaridan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida bajarilgan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3575-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy hayotini rivojlantirishda ta’lim tizimi islohotlarining o‘rnini, davlat va jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya hal qiluvchi omillardan biri ekanligini asoslab berishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablari tizimi muammolari, xususan, huquqiy bazaning etarli emasligi, moddiy ta’minotning nochorligi, kadrlar tanqisligi va soha mutaxassislari malakasining etarli emasligi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari maktablari faoliyati misolida o‘rganilishiga doir natijalaridan Qashqadaryo viloyat televideniesi orqali namoyish etilgan “O‘quvchi yoshlar yurt kelajagi” mavzusidagi ko‘rsatuv ssenariysini hamda viloyat “Oltin Voha” radiosining “Ta’lim va islohot”, “O‘qituvchi-qalb me’mori” kabi eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 noyabrdagi 04-15/2759-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimi islohotlarining mazmun-mohiyatini, pedagog kadrlar tayyorlash muammolarini, o‘quvchi yoshlar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini aholiga to‘g‘ri va xolis etkazishga xizmat qilgan;
janubiy viloyatlarning umumta’lim maktablari, o‘quvchilari va o‘qituvchilar soni dinamikasi shahar va tumanlar kesimida tarixiy davrlarga bo‘lingan holda o‘rganilishi, fanlarni o‘qitish bo‘yicha pedagoglar tanqisligi, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularga ta’lim berishning samarasiz mezanizmi o‘quvchilar ongining zamon talabidan ortda qolishiga hamda ularning dunyoqarashining sayoz bo‘lishiga sabab bo‘lganligi kabi natijalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Dasturining VI bo‘limida ko‘rsatilgan ijtimoiy, gumanitar, ma’naviy sohalar va jamiyat aqliy salohiyatini rivojlantirish borasidagi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2019 yil 29 oktyabrdagi 01-27/850-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda yoshlarda O‘zbekiston ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilish holati va uning tarixini o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish