Soatov Asadulloh Jabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika psixologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1500.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlaydigan metodikani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
psixologik maslahat berishda xotiraga xos mnemonik usullardan samarali foydalanish, ma’lumotlarni eslab qolishda mnemonik metodlarga tayanish, sonlarni xotirada mustahkam saqlab qolish usullari “Mojor” texnologiyasi asosida takomillashtirilgan;
psixologik maslahat berishning kommunikativ ko‘nikmasi “Bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mobil ilova dasturining mantiqiylik, tezkorlik, kreativlik imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
tahliliy ko‘nikmalar, psixologik ta’sir ko‘rsatish bosqichlari va vazifalari maslahat berishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tarixiylik va zamonaviylik nuqtai nazaridan tahlil qilish kabi psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlarning psixologik maslahat berish ko‘nikmalari refleksiya, empatiya, tinglash texnikasi, nutqiy texnika kabi baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy yondashuvlar orqali talabalarda psixologik maslahat berish mezonlari va texnologiyalarini shakllantirishga oid takliflar “Bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-165 - raqamli guvohnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmasini shakllantirish jarayonini takomillashtirish imkonini yaratishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagog-psixologlar uchun psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish ishlab chiqilgan texnologiyalar va mezonlar mazmuni orqali amaliyotga joriy etilgan va bu bo‘yicha “Bo‘lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi 110-165 - raqamli guvohnomasi). Natijada, psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari, vositalari, bosqichlari, hamda pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasi aniqlangan;
psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid metodik yondashuvlar, bo‘lajak pedagog-psixologlarni psixologik maslahatga tayyorlash, talabalarda maslahat berish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiluvchi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlariga oid takliflaridan ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Natijada talabalarni psixologik maslahat berish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiluvchi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, refleksiv va empatik muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.