Ibragimov Nodir Shapulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1101.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mashrabjon Shaxabutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsaburov Miraxmat, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematik qobiliyatlarini interfaol metodlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda mantiqiy masalalarga oid matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minoti (test topshiriqlari, masala va mashqlar) bo‘yicha tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablar matematikani o‘qitishda ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyati faolligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi maxsus masalalarni tanlash metodikasi yoshga mos o‘quv materiallari uzviyligini ta’minlashda kreativlik, intuisiya, diqqat, analiz va sintez qila olish, taqqoslay olish, masala echimiga olib keladigan jarayonlar ketma-ketligi zanjirini mantiqiy qura olish, matematik xotira, umumlashtira bilish, fazoviy tasavvur qilish, klassifikatsiyalash, abstraktlashtirish, konkretlashtira olish kabi matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi komponentlar “Sinkveyn”, “Klaster” interfaol metodlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llashni samarali rivojlantirishga qaratilgan ta’lim muhitida kreativ fikrlashga undovchi dasturiy vositalar o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish darajasiga qo‘yiladigan talablar (anglash, tushunish, amaliyotga tatbiq etish) asosida ishlab chiqilgan;
«Matematika» fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti “Breynshtorming”, “Insert”, “Veb-kvest” metodiga yo‘naltirilgan matematik qobiliyat - «Q1, Q2, Q3» komponentlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
malakalarni shakllantirish hamda matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi komponentlar mazmuniga oid taklif va tavsiyalar asosida “O‘quvchi va talabalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli uslubiy qo‘llanmada o‘z aksini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 martdagi 89-06-352-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika fanini o‘qitishda o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishning metodik yondashuvlari ta’lim jarayonida samarali ekanligi aniqlangan;
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi maxsus masalalarni tanlash metodikasi yoshga mos matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi komponentlar tuzilishini, o‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minoti matematik qobiliyatni rivojlantirish darajasiga qo‘yiladigan talablarga oid takliflardan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 martdagi 89-06-352-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika fanini o‘qitishda fanning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Matematika» fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti «Breynshtorming», «Insert», «Veb-kvest» metodlariga yo‘naltirilgan matematik qobiliyat - «Q1, Q2, Q3» komponentlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasiga oid taklif va tavsiyalaridan 2012-2016 yillarda bajarilgan YoA-1-9 “Aholining turli katlamlariga psixologik xizmat kursatish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 2021 yil 25 martdagi 89-06-352-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalariga «Matematika o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitilishi davomida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.