Zaripov Fayziddin Muxitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD /Ped269.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Maxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarning huquqbuzarliklari va jinoyatchiligi profilaktikasi imkoniyatlarining diagnostik, korreksion, reabilitasion yo‘nalishlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan ijtimoiy-pedagogik hamkorlik hamda pedagogik korreksiya usullari orqali yakka tartibda ishlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar huquqbuzarliklari va jinoyatchiligi profilaktikasi diagnostika metodi Respublika ta’lim markazi, Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi muassasalarining yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari, psixologlar ishlarini bilish, baholash, refleksiya, interiorizatsiya, qaror, reaksiya, mustahkamlash va takomillashtirish komponentlari uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quv muassasasidan tashqarida vujudga keladigan nuqsonlar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat Kengashi mexanizmini kuchaytirishdan iborat profilaktik tadbirlar majmuasida shaxsning salbiy xususiyatlarini bartaraf qilishga qaratilgan loyiha, suhbat, sayohat, namoyish qilish, maxsus kurslar, kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi pedagogik ta’sir vositalari tarkibini turkumlash orqali takomillashtirilgan;
voyaga etmagan jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchi xulqidagi yolg‘onchilik, surbetlik, janjalkashlik, agressivlik kabi asosiy nuqsonlar diagnostikasi huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasasi faoliyatida profilaktik ishlarni takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi kollaborativ hamkorlik asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari huquqbuzarliklari va jinoyatchiligining profilaktikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilar huquqbuzarliklari va jinoyatchiligining profilaktikasi imkoniyatlari, diagnostik metodikalar “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida ommalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 05–05/02-01-541-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar huquqbuzarliklari va jinoyatchiligining profilaktikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni va pedagogik profilaktika texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli, 2018 yil 6 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi
33-sonli buyruqlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 05–05/02-01-541-son hamda 2020 yil 6 iyuldagi 06-06/4-2231-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining shart-sharoitlari va mexanizmlari takomillashtirishgan;
“Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish” maxsus tajribaviy Dastur materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 05–05/02-01-541-son hamda 2020 yil 6 iyuldagi 06-06/4-2231-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining mexanizmlari takomillashtirishgan;
o‘quvchilar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasiga yo‘naltirilgan diagnostikasi metodidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 24 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 173-son buyrug‘ini tayyorlashda va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Memorandumini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlik profilaktikasi Bosh boshqarmasining 2018 yil 1 sentyabrdagi 26/5–2713–son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasasidagi o‘quvchilar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasining monitoring mexanizmi ishlab chiqilgan.