Sharapov Olimxon Nadirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dasturiy gemodializ qabul qilayotgan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib548.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 .
Rasmiy opponentlar: Jabborov Ozimboy Ataxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: P.L. Shupik nomidagi Ukraina Milliy sog‘liqni saqlash universiteti (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dasturiy gemodializ qabul qilayotgan bemorlarda kasallikning kechishi va oqibatiga yurak-qon tomir kasalliklarining ta’sirini va ahamiyati baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizda ilk marotaba turli ma’muriy darajadagi shifoxonalarda hamda shahar va qishloq aholisi orasida dasturiy gemodializ qabul qilayotgan bemorlardagi yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) uchrash darajasi, tarkibi batafsil tahlil qilingan va ularni 30 oylik yashovchanlik ko‘rsatkichiga ta’siri tasdiqlangan;
dasturiy gemodializ qabul qilayotgan shahar axolisi bemorlarida qishloq aholisi bemorlariga qaraganda komorbid yurak-qon tomir kasalliklarining 1,4 marta ko‘proq uchrashi aniqlangan;
YuQTK bor dializdagi bemorlarda, u bo‘lmaganlarga nisbatan o‘lim ikki barobar ko‘proq bo‘lib, yashovchanlik ko‘rsatkichi esa 33% kamligi aniqlangan;
yurak xajmiy-o‘lchov ko‘rsatkichlarini tadqiq qilgan holda, dasturiy gemodializda 30 oylik qiska muddat mobaynida yurak chap qorincha geometriyasida ekssentrik gipertrofiya kuzatiluvchi bemorlar sonining ikki barobarga ortishi isbotlangan;
dasturiy gemodializ olayotgan bemorlarda YuQTK ko‘p holatlarda qandli diabet va anemiya bilan birgalikda kechib, QD qishloq va shahar aholisi orasida bir xil darajada uchrashi, anemiya esa qishloq axolisida ko‘proq tashhislanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dasturiy gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dasturiy gemodializ qabul qiluvchi axoli orasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Dasturiy gemodializ qabul qiluvchi axoli orasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish yo‘llari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 martdagi 8n-d/113-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va gemodializ amaliyotida bemorlaring komorbid yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va nazorat qilish orqali o‘lim xavfini kamaytirish, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
dasturiy gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarini kechishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, infeksion va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 08-04/4828-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi YuQTKga ega dasturiy gemodializ qabul qiluvchi bemorlarning yashovchanlik imkoniyatlarini oshirib, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan.