Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bepushtlik modulyatorlarining ahamiyatini o‘rganish va gipofiz adenomalarida homiladorlikni olib borishni takomillashtirish» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib360.
Ilmiy maslahatchi: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Gul`nora Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot – stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipofiz adenomasi mavjud bemorlarda fertillik prediktorlarini aniqlash yordamida ayollarda reproduktiv faoliyatni yaxshilash va homiladorlikni kuzatib borishni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipofiz adenomalarida infertillikning turtki mexanizmi yo‘lga qo‘yilib giperprolaktinemik gipogonadotrop gipogonadizm natijasida ingibin V va antimyuller gormonlar miqdori kamayishi asoslangan;
ilk bor prolaktinomasi mavjud bo‘lgan homiladorlarning I trimestri patologiyalari va tug‘ruqdan keyingi erta asoratlarning muhim prediktorlari, ya’ni, aktivin va progesteron orasida (r=-0,81), ingibin A va estradiol orasida (r=-0,673) kuchli ishonchli manfiy bog‘lanish aniqlangan;
ilk bor Pirson bo‘yicha korrelyasion analiz asosida nofaol gipofiz adenomasi bo‘lgan ayollarda hosila o‘lchamidan qat’iy nazar ingibin A va follikulostimullovchi gormon orasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik asosida (r=0,8) bepushtlik xavfining sezilarli darajada yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor prolaktinomada estradiol va ingibin A orasidagi nisbiy koeffisient ˂2 hamda nofaol gipofiz adenomasida ˂15 ekanligi aniqlandi. Buning natijasida o‘z navbatida, preeklampsiya, tug‘ruqdan keyingi qon ketish va fetoplatsentar etishmovchilik ko‘rinishidagi homiladorlik asoratlarini muhim diagnostik mezonlari asoslangan;
ilk bor estradiol/ingibin A nisbati <1,4 bo‘lgan prolaktinomali ayollarda homiladorlikning II-III trimestrida preeklampsiya va tug‘ruqdan keyingi patologiyalar rivojlanish extimoli yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlardagi gipofiz adenomasida fertillik modulyatorlari rolini o‘rganish va xomiladorlikni kuzatishini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xomiladorlik va gipofiz bezlarini monitoring va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Homiladorlik va gipofiz bezlari: monitoring va davolash masalalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 8n-d/74 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipofiz buzilishlari mavjud homilador ayollarni monitoringini va davolashni tadqiq etish imkoniyatini yaratgan.
prolaktinomali ayollarda endokrin bepushtlik diagnostikasi va davolashning samarali usullarini bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Prolaktinomali ayollarda endokrin bepushtlik diagnostikasi va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 17 iyun 2020 yildagi 8n-d/74 - son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma prolaktinoma aniqlangan endokrin bepushtlik mavjud ayollarni zamonaviy tashxislash va davolash imkonini yaratgan.
gipofiz adenomasi klinik va biokimyoviy, gormonal, vizualizatsion xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Namangan, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserlarining amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 08-09/7174-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni joriy etilishi gipofiz adenomasini erta tashxislash, monand davolash usulini tanlash, nogironlik va asoratlardan o‘lim xavfini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek davolash uchun ketayotgan mablag‘ni tejash imkonini yaratgan.