Dustmuxamedova Dinora Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali enteral etishmovchilikda mitoxondrial disfunksiyaning ahamiyati», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib52.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda surunkali enteral etishmovchilikda mitoxondrial disfunksiyaning ahamiyatini aniqlash hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda surunkali enteral etishmovchilik (seliakiya va surunkali enterokolit)da anaerob glikolizning ortishi, lipidlar perekis oksidlanishi tizimida prooksidantning ortishi va antioksidantning kamayishi bilan xarakterlanuvchi oksidli fosforillanishning buzilishi isbotlangan;
seliakiya va surunkali enterokolitli bolalarda ingichka ichaklarda so‘rilishning pasayishi va qon zardobida sut kislotasi miqdorining ortishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
o‘sayotgan kalamushlarda enteral etishmovchilik modelida ingichka ichak shilliq qavati giperregenerator atrofiyasiga ishora qiluvchi I majmua va gistomorfologik belgilar ustuvorligida mitoxondriy suspenziyasida nafas olish zanjirining ajralishi tarqalishi asoslangan;
o‘sayotgan kalamushlarda surunkali enteral etishmovchilik modelida ingichka ichaklar morfometrik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va mitoxondriylarda energetik balans tiklanishiga ekdistenning stimullovchi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
seliakiya va surunkali enterokolitli bolalarda hazm qilish transporti konveyerining tiklanishi, klinik ko‘rinishlar dinamikasiga ekdistenning samarali ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali ichak kasalliklarining diagnostikasi va uni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda uchraydigan ichakning surunkali kasalliklarini klinik belgilariga qarab baholash va  samarali tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda surunkali enteral etishmovchilikda hujayra energetikasining buzilishlari xarakteri» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 martdagi 8/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali enteral etishmovchilikda hujayra energetikasining buzilishlari xarakterini aniqlash asosida bolalarda energetik buzilishlarni erta aniqlash va shu asosda kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
bolalarda ichakning surunkali kasalliklarida mitoxondrial etishmovchilikni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda surunkali enteral etishmovchilikda energetik almashinuvni kooreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 martdagi 8/95-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali enteral etishmovchilikda energetik buzilishlarni erta aniqlash va koreksiyalash imkonini bergan;
bolalarda surunkali ichak kasalliklarining diagnostikasi va uni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/91-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tashxislash, davolashda sarf-xarajatlarni qisqartirish, asoratlar sonini kamaytirish hamda bemorlarning statsionar davolanish muddatini 5,6 o‘rin/kunga qisqartirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish hamda remissiya davrini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish