Daminov Feruz Asadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kuyganlarda oshqozon ichak traktidagi o‘tkir eroziv-yarali jaroxatlar diagnostikasi va davosini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakami: B2020.2.PhD/Tib1060.
Ilmiy rahbar: Karabaev Xudoyberdi, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan mussasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat tibbiyot instituti DSc/PhD.04/30.12.1219.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zaripovich, tibbiyot fanlari doktori; Shestopalov Sergey Stepanovich, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  og‘ir kuygan bemorlarda oshqozon-ichak trakti o‘tkir eroziv-yarali zararlanishlarni kompleks profilaktika algoritmini ishlab chiqish va joriy etish yo‘li bilan diagnostika va davolashni optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir kuyganlarda oshqozon-ichak traktidagi o‘tkir yaralar va eroziyalar rivojlanishida yallig‘lanishga javob sindromining ahamiyati aniqlangan;
shilliq pardaning eroziv-yarali zararlanishlari va oshqozon-ichak trakti qon ketishlari profilaktikasi va davolanishi takomillashtirgan;
oshqozon-ichakdan qon ketishi rivojlanishining oldini olish va davolash, infeksion asoratlar hamda o‘lim kursatgichi darajasini pasaytirish uchun erta xirurgik davolashni  qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan;
kuyish kasalligi kechishini korreksiya qilishga va stressli yaralar rivojlanishini oldini olishga imkon beradigan faol xirurgik taktikani, nutritiv va organoprotektorli terapiyani o‘z ichiga olgan profilaktika va davolashning samarali kompleksli patogenetik asosli dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuyganlarda oshqozon-ichak trakti o‘tkir eroziv-yarali zararlanishlar diagnostikasini va davolashni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha:
kuyganlarda oshqozon ichak trakti zararlanishining patomorfologik xususiyatlarini baholash buyicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Og‘ir kuygan bemorlarda oshqozon ichak trakti funksiyasi buzilishi diagnostikasi va davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligi 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/211-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kuygan bemorlarda oshqozon-ichak trakti funksiyasi bo‘zilishi va uning oqibatida kelib chikadigan asoratlari oldini olish orqali kuyish kasalligi davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan.
kuyganlarda oshqozon ichak traktidagi o‘tkir eroziv-yarali jaroxatlar diagnostikasi va davosini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo va Jizzax filiallari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/159-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir kuyganlarda oshqozon-ichak qon ketishlari diagnostikasini, davolashni va profilaktikasini optimallashtirishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish