Xamidova Madina Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy antioksidantlar yordamida yuqori turg‘un margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T346.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamroqulova Muborak Xakimovna, texnika fanlari bo‘yichp falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy antioksidantlar yordamida yuqori turg‘un margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
margarin mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik moylari, qattiq yog‘lar va antioksidantlar tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari va xossalari aniqlangan;
margarin mahsulotlari resepturasiga qo‘shimcha sifatida sarimsoq, qizil va oq piyozdan olingan tabiiy antioksidantlar ishlatilishi mumkinligi aniqlangan;
tabiiy antioksidantlarni tadqiq etishda olingan sinergetik samara asosida margarin mahsulotlari uchun antioksidantlarning yangi kompozisiyalari yaratilgan;
yaratilgan antioksidant kompozisiyalaridan foydalangan holda yuqori turg‘un margarin mahsulotlari olish texnologiyasining optimal shart sharoitlari aniqlangan;
yaratilgan antioksidant kompozisiyalaridan foydalanilganda, margarin mahsulotlari turiga qarab, sifat ko‘rsatkichlarining saqlanish davrini 1,4-1,6 martaga uzayishi aniqlangan;
sarimsoq, qizil va oq piyozdan olingan antioksidantlar kompozisiyalarining qo‘llanilishi yog‘lar oksidlanishining birlamchi (oksidlar) va ikkilamchi (karbonilli birikmalar) hosilalari hosil bo‘lishini to‘xtatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiiy antioksidant- lardan foydalangan holda yuqori turg‘un margarin mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
margarin mahsulotlaridagi oksidlanish jarayonlarini to‘xtatish uchun mahalliy sabzavot mahsulotlaridan (qizil, oq piyoz va sarimsoqpiyoz) tabiiy antioksidant-kversetinni olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi KS/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarinlar uchun qimmat narxdagi import o‘rniga mahalliy antioksidantlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
margarin mahsulotlari uchun kversetin, α–tokoferol,karotinoidlar va fosfatid konsentratidan antioksidantlar kompozisiyasini olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi KS/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarin antioksidantining ta’sir faolligi an’anaviy antioksidantlarga nisbatan 1,3-1,4 martaga oshirish imkonini bergan;
mahalliy xom ashyolar asosidagi antioksidantlar kompozisiyalaridan foydalangan holda yuqori turg‘un margarin mahsulotlarini olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» Uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi KS/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarinlarning saqlanish muddatini margarin turiga qarab 1,4-1,6 martaga uzaytirish imkonini bergan.