Egamqulov Azamat Nurali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo sohili suv tiplarida ikkipallali mollyuskalar tarqalishiga abiotik omillar ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B568.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Kurambaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Karimqulov Abdulla Tadjikulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo sohili suv tiplarida ikki pallali (Bivalvia: Unionidae, Corbisulidae, Pisididae va Euglisidae) mollyuskalari tarqalishiga abiotik omillarning ta’sirini baholash va muhofaza choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo sohili suv ekotizimlari uchun Bivalvia sinfi Unionidae, Euglisidae, Pisididae va Corbisulidae oilalariga mansub ikki pallali mollyuskalarining 19 tur va 2 ta kenja turlardan iborat faunasi aniqlangan;
ikki pallali mollyuskalarning turli suv ekotizimlarida ekologik guruhlari va populyasiyalarining taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
ikki pallali mollyuskalarning daryolar, suv omborlari, kanallar va baliqchilik xo‘jaliklarida tarqalishiga suvdagi abiotik omillarning ta’siri isbotlangan;
suv sifat ko‘rsatkichlarining ikki pallali mollyuskalar yoshi, biomassasi va chig‘anoqlarining o‘zgaruvchanligiga ta’siri baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo sohili suv havzalarida ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi va ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo sohili suv tiplarida tarqalgan endem va noyob tur sifatida Qizil kitobga kiritilgan Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurealar populyasiyalarining holati va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati Termiz va Muzraobod tuman bo‘limlarining kamyob hayvonot turlarini yashash muhitida saqlab qolish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 8 oktyabrdagi 04-02/8-645-son ma’lumotnomasi). Natijada, lokal hududlardagi suv rejimlarini mavsumiy boshqarish orqali noyob turlar tarqalgan biotoplarni muhofaza qilish va populyasiyalarini saqlab qolish imkonini bergan;
ikki pallali mollyuskalarning saproblik xususiyati asosida chuchuk suv havzalarining tozalik darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar №QX-A-QX-2018-196 “Toshkent viloyati sharoitida oqar suv havzalarida tovar forel` baliqlarini etishtirish texnologiyasi” mavzusidagi loyihada baliq etishtiriluvchi xavzalarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlar intensiv ko‘paytiriluvchi havzalarning saproblik darajasini tezkor aniqlash va suv sifatini baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish