Djumanov Baxtiyor Abdurazakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik asoratlarining prognozi va profilaktikasida D vitaminining patogenetik ahamiyati», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib35.
Ilmiy maslahatchi: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akusherlik asoratlari rivojlanishi, ularni prognozlash va oldini olishda D vitamini rolining patogenetik xususiyatlarini aniqlash yo‘li bilan homiladorlik asoratlari chastotasini kamaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda turmushga chiqadigan 20 yoshli qizlarda D vitamini miqdori xomiladorlikga tayorlash bosqichida tekshirilgan va 23% xolatda asoratli xomiladorlik rivojlanishining pasayishi aniqlangan;
homilador ayollarda D vitamini miqdori baholangan va 75,5% asoratlar yuzaga keluvchi xavfli gruxga kiritilgan xomilador ayollarda D vitamini tanqisligi fonida asoratlar rivojlanishi isbotlangan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar D vitamini tanqisligiga mos keluvchi darajasining (20ng/ml dan kam) homiladorlik kechishiga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
D vitamini tanqisligi (30 ng/ml past) bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarga optimal me’yor (4000 ME) tayinlanib maqsadli ravishda erta davolash usullari (bunda vitamin D dozasini qondagi vitamin D miqdoriga qarab belgilangan, 30 ng/ml past bo‘lsa 4000ME, me’yorga etgach 1000-2000ME qabul kilinishi davom ettirilgan) takomillashtirilgan;
homilador ayollarda qon va servikal kanal hujayralarida immunitet ko‘rsatkichlari hamda D vitamini miqdori korrelyativ bog‘liqligi isbotlangan;
homilador ayollarda homiladorlikning 3-trimestrida D vitamini tanqisligi va etishmovchiligining saqlanishi ularda kamqonlik rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
D vitamini etishmovchiligi va tanqisligida homiladorlik kechishidagi asoratlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
D vitamini etishmovchiligi va tanqisligida homiladorlik kechishidagi asoratlarni oldini olish bo‘yicha ilmiy tadkikotning natijalari asosida ishlab chikilgan “D vitamini etishmovchiligi va tanqisligida homiladorlik kechishidagi asoratlarni oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 dekabrdagi 8n-r/602-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar homiladorlik yakunlarini yaxshilash va bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi;
homiladorlik kechishidagi asoratlarni oldini olishda D vitaminini qo‘llash buyicha ilmiy tadkikotning natijalari asosida ishlab chikilgan “Homiladorlik kechishidagi asoratlarni oldini olish maqsadida homiladorlikga tayyorgarlik ko‘rishda D vitaminini qo‘llash nomli uslubiytavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 dekabrdagi 8n-r/603-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar homiladorlik kechishini yaxshilash va asoratlar sonini qisqartirish orkali davolash samaradorligini oshirishga xizmat kilgan;
D vitamini etishmovchiligi va tanqisligi qayd etilgan ayollarda profilaktika va davolash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika axoli reproduktiv salomatlik markazi, Pasdargom tibbiyot birlashmasi, Samarkand shaxar 2-son tug‘ruq kompleksida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/9-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining tatbiq etilishi asoratlar sonini 19%ga qisqartirish va onalar hamda perinatal o‘lim holatlarini oldini olish imkonini bergan.