Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilarida ekologik tafakkurni tabiiy fanlararo sinxron va asinxron aloqadorlikda rivojlantirish metodikasi (biologiya, kimyo, fizika o‘quv fanlari misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped127. 
Ilmiy maslahatchi: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Omonov Hojiqul Tovboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirishning metodik jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni amalga oshirishda zamonaviy shakl, metod va vositalardan foydalanish yo‘llarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirishda biologiyaning asosiy tushunchalari, g‘oya, nazariya, qonuniyatlari, kimyo va fizikadan o‘zlashtirgan bilimlaridan muammoli vaziyatlarda samarali foydalanish, tabiat-jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlikni uyg‘unlashtirish, tabiiy fanlarni integratsiyalash meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish uchun integratsion yondashuvni samarali yo‘lga qo‘yishda o‘quvchilarning ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari o‘qitish jarayonining metodik-didaktik tuzilmasi tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy Moodle-Web muhitini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirishda o‘quvchilarning o‘ziga xos fiziologik, gigienik, psixologik xususiyatlari, o‘qitish mazmuni, shakl, metodlari va vositalari didaktik tamoyillar asosida integratsion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilar iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizimi, integrativ xossalari, biologiyani o‘qitishda fanlararo aloqadorlik mazmunidagi bilimlar va uni amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan interaktiv dasturiy vositalar interaktiv resurslar, krossvordlar, intellektual o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra rivojlantirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalari hamda kompetentligini rivojlantirishning texnologik va refleksiv-baholash mezonlari asosida fanlararo aloqadorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan, o‘quv qo‘llanma, darslikning yangi avlodini yaratishga oid metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quv jarayonida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish, ekologik ta’lim - tarbiya tizimi mazmuni, o‘qitish metodlari, shakllari, yo‘llari, vositalari va imkoniyatlarini maqsadga muvofiq ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni yangi vaziyatlarda qo‘llash mazmuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining biologiya, kimyo, fizika o‘quv fanlari konsepsiyalarida, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, o‘quv dasturlari va 6-11-sinf darsliklari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1129-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishning modernizatsiyalashgan, integratsiyalashgan tizimini yaratishga xizmat qilgan;
biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirishda o‘qitishning samarali metodlari (muammoli, mantiqiy, og‘zaki bayon etish, kuzatish, tajriba o‘tkazish, mustaqil ishlash), zamonaviy ta’lim texnologiyalari (klaster, aqliy hujum, Bumerang, ijodiy o‘yin), shakllari (darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar) vositalari (tabiiy, tasviriy, ko‘rgazmali) asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida dars samaradorligini oshirish maqsadida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1129-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish mazmuni va ahamiyati, pedagogik shart-sharoitlar, didaktik imkoniyatlarni aniqlashga doir ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasida ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan biologiya, kimyo va fizika fanlaridan o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 16 martdagi 01/6-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo va o‘quv mavzulari o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlash, o‘qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati ko‘lami ortgan;
biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari ya’ni Surxondaryo, Buxoro, Jizzax, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20 ta umumta’lim maktablarining 6-11- sinflaridan 1200 nafar o‘quvchilariga dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda biologiyani fanlararo o‘qitish amaliyotida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 16 martdagi 01/6-294-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktabining 6-11-sinflarida biologiyani kimyo va fizika fanlari bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish