Maqsudova Gulnoz Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Integrativ-rivojlantiruvchi yondashuv asosida talabalarning xorijiy til tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1758.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori professor, Nurmanov Abdunazir Tashbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integrativ-rivojlantiruvchi yondashuv asosida talabalarning xorijiy til tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy mashg‘ulotlar samardorligini ta’minlash texnologiyalari (jigsaw, POPS formula, TRIZ, podcasting)ning pedagogik imkoniyatlari nutq ko‘nikmalari (gapirish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish) hamda tilni takomillashtirish kompetensiyalar tizimini optimalashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-ijodiy ta’lim muhitda integrativ rivojlantiruvchi yondashuvning tarkibiy qismlari (tashkiliy-uslubiy, faoliyat-amaliy va nazariy-mazmun) talabalar xorijiy til tayyorgarligini individual rivojlanish komponentlarini kasbiy layoqat va amaliy kasbiy bilimlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda til o‘qitish samaradorligi va kasbiy faoliyat tayyorligini baholash mezonlari tilga aloqador parametr va indikatorlarni xorijiy tajribalar asosida strategik prognozlash hamda tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda mustaqil ko‘nikmalarini shakllantirishning motivatsion-maqsadli, protsessual-faoliyatli, ijodiy-kommunikativ, natijaviy-baholash ko‘rsatgichlari o‘quv, bilim, innovatsiya va ta’lim faoliyatlarini o‘zaro integrallashtirish sotsiolingivistik kompetentlik darajasini belgilovchi indikatorlar, hamda ingliz tili o‘qituvchisi professiogrammasi (kasbiy qiyofasi)ni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning til tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalar til tayyorgarligini lingvistik, pedagogik va metodik kompetentlik darajasini belgilovchi omillar xalqaro Britaniya kengashi tajribalari hamda til tayyorgarligi monitoringini taqqoslashga oid takliflar 2018 yil 3-maydagi 05/2352-son bilan tasdiqlangan bakalavriatning xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89.03/5462-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda til tayyorgarligining metodik va didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda mustaqil ko‘nikmalarini shalllantirishning motivatsion-maqsadli, protsessual-faoliyatli, ijodiy-kommunikativ, natijaviy-baholash ko‘rsatgichlari o‘quv-bilim, innovatsiya va ta’lim faoliyatlarini o‘zaro integrallashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89.03/5462-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda mustaqil ta’limni baholash ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kasbiy-ijodiy ta’lim muhitda integrativ rivojlantiruvchi yondashuvning tarkibiy qismlari (tashkiliy-uslubiy, faoliyat-amaliy va nazariy-mazmun) talabalarda xorijiy til tayyorgarligini individual rivojlanish komponentlarini kasbiy layoqat va amaliy kasbiy bilimlarni optimallashtirish hamda bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini o‘qitish samaradorligi va kasbiy faolyat olib borishga tayyorligini baholash mezonlariga oid takliflar asosida “Xorijiy til” // Development and incorporation of language skills// o‘quv resursi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89.03/5462-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidagi matnlarni o‘qishda polisemantik leksikaning takomillashuviga xizmat qilgan.