Akaeva Nodira Mexlibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talaba yoshlarda oilaviy tarbiya ustuvorligini ta’minlash omillari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1599.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2021.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmo‘minova Jumanazar yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talaba-yoshlarda oilaviy tarbiya ustuvorligini ta’minlashning omillarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda oilaviy tarbiya ustuvorligining pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion, intelektual, hissiy) vatanparvarlik, shaxsiy namuna, odob-axloq, ilm-olish, kasb-hunarga oid umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar uyg‘unligini mental-etnopedagogik xususiyatlarga (ustuvor yo‘nalishlari, shakllari, marosimlar, qadriyatlar) uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
oilaviy tarbiya ustuvorligini ta’minlash omillari talabalarning faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy, metodik, umumkasbiy kompetensiyalarni, integrativ, tashkiliy, diagnostik funksiyalari va pedagogik, kompetensiyalarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
oilaviy tarbiyani rivojlantirishning tizimli va mazmunli modeli, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yoshlar uyushmalari, jamoatchilik va huquqni muhofaza qilish organlarini o‘zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan; 
oilalar muhitini barqarorlashtirishda ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar (ma’rifat va ibrat, tajriba va munosabat, ma’naviy-axloqiy muhit) o‘zaro hamkorlik strategiyasi va milliy tajribalarni zamonaviy talablarga identiv moslashtirish (an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar integratsiyalashuvi)ning global va lokal xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda oilaviy tarbiya ustuvorligini ta’minlash omillarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq etilgan:
talabalarda oilaviy tarbiya ustuvorligining pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion, intelektual, hissiy) vatanparvarlik, shaxsiy namuna, odob-axloq, ilm-olish, kasb-hunarga oid umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlar uyg‘unligini mental-etnopedagogik xususiyatlarga (ustuvor yo‘nalishlari, shakllari, marosimlar, qadriyatlar)ni  ko‘ra uyg‘unlashtirishga oid takliflar “V:5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 maydagi 45-04-1453-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda oilaviy tarbiya bo‘yicha milliy va umuminsoniy tayanch kompetensiyalar rivojlantirilgan;
oilaviy tarbiya ustuvorligini ta’minlash omillari talabalarning faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy, metodik, umumkasbiy kompetensiyalarni, integrativ, tashkiliy, diagnostik funksiyalari va pedagogik, kompetensiyalarini o‘zaro integratsiyalashga oid takliflar ITD-4-161 raqamli “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 maydagi 45-04-1453-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning oilaviy tarbiya ustuvorligi bo‘yicha huquqiy madaniyati darajasini oshirishga erishilgan;
oilaviy tarbiyani rivojlantirishning tizimli va mazmunli modeli, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yoshlar uyushmalari, jamoatchilik va huquqni muhofaza qilish organlarini o‘zaro hamkorligi strategiyasi hamda oilalar muhitini barqarorlashtirishda ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, gerontopedagogik imkoniyatlar (ma’rifat va ibrat, tajriba va munosabat, ma’naviy-axloqiy muhit)dan unumli foydalanishga oid takliflar “Oila huquqi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 maydagi 45-04-1453-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini oshirishga hamda oilaviy tarbiya ustuvorligi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish