Tursunov Mirzo Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida metaforik iboralarning lingvokognitiv tahlili», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil608.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari metaforik (frazeologik) iboralarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda lingvokognitiv jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tilidagi metaforik iboralarning semantik-grammatik va funksional-stilistik xususiyatlari, ularning hosil bo‘lish mexanizmlari lingvokul`turologik va psixolingvistik omillar ta’sirida voqelanishi dalillangan;
har ikkala til metaforizatsiyasi negizida yotadigan bilish mexanizmlarining universalligi frazeologizmlarning kundalik turmush bilan bog‘liq bilimlar, inson dini, geografiyasini aks ettiruvchi ichki va inson harakatidagi, dunyoni qabul qilishidagi stereotiplarni aks ettiruvchi tashqi sathlararo to‘liq mutanosiblikni ta’minlay olmasligi asoslangan;
har ikkala til metaforik frazeosistemasi tarkibi faqat shu tillar leksik qatlamiga xos bo‘lgan so‘zlardan tashkil topganligi, boshqa tillarda ekvivalentlarining mavjud emasligi frazeologizmlarning milliy madaniyat, san’at, tarix, joylashuv, dunyoni milliy tafakkur etishkabi omillar bilan shartlanganligi aniqlangan;
lisoniy tafakkur jarayonining dunyoni konseptual bo‘linmalarga ajratib bilishda voqelanishi, nutqiy tafakkur jarayonining esa dunyoni vaziyatlarda bilishda aktuallashuvi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforik iboralarning lingvokognitiv tahlili tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
frazeo-semantik maydon, tilning leksik va frazeologik birliklari semantik strukturasida konnotativ ma’noning mavjudligi, metaforik birliklarning insonning turli faoliyatlariga aloqadorligiga ko‘ra frazeosemantik guruhlarga ajaratilishi, metonimiya, jonlantirish va boshqa stilistik vositalarga asoslangan frazeologik birliklarning tillararo qiyosiga doir xulosalardan F1-XT-19919 “O‘zbek mifologiyasining badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 fevraldagi 88-87-491/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mifonimlarning leksik xususiyatlarini oydinlashtirishga, sakral so‘zlar semantikasini aniqlashtirishga, insonning ichki va tashqi olami asosiy frazeosemantik maydonlar sifatida belgilab olinishi mumkinligini asoslashga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforaga asoslangan holda shakllangan frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning u yoki bu xalq madaniyati, tarixi, mentalitetiga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassam etishi bilan bog‘liq xulosalardan AQShning Atlanta shahridagi ALTA Language Services til o‘qitish markazidagi ilmiy-innavatsion loyihalarda qo‘llanilgan (ALTA Language Services markazining 2020 yil 5 iyundagi L065 – son ma’lumotnomasi). Natijada inglizzabon mamlakatlarning tilshunoslik sohasida bir nechta lingvistik, ijtimoiy, madaniy aspektlardagi murakkab masalalarga ilmiy izohlar olishga ko‘maklashgan, til markazida ikki tilda chop etiladigan turli lug‘at, maqola va tezislarda samarali ishlatilishi mumkinligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforalarga asoslangan frazeologik birliklarning lingvokognitiv tahlili, ularning grammatik, semantik, leksik xususiyatlari, qiyoslanayotgan tillardagi frazeologik birliklarning tasnifiga doir xulosalardan G.Bakieva tomonidan OTMlarning nomutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari uchun chop etilgan SCALE UP Teacher’s book, Workbook, Student’s book darsliklari mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 89-03-4450-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi frazeologik birliklar va ularning lingvokognitiv tahlili darslikdagi turli mavzularni chuqurroq yoritishda, ularning ingliz tili milliy koloritini saqlashiga, matn ma’nosini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforaga asoslangan frazeologik birliklarning lingvokognitiv tahlili, til leksikologiyasida frazeologik birliklarning o‘rni, ularning mantiqiy-grammatik tabiati, leksik-semantik xususiyatlari, frazeologik birliklarning turlari, ingliz va o‘zbek yozuvchilarining mashhur asarlaridagi metaforik iboralarning lingvokognitiv tahliliga doir xulosalardan A–1–219 raqamli "Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish" mavzusidagi amapiy loyixa doirasida bakalavrlar (ingliz tili) uchun yaratilgan "Grammar" va "Speaking" nomli o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 89-03-930-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanmada ishlangan mavzularning nazariy asoslari mustahkamlangan, til ko‘nikmalarini rivojlantirishda nazariya va amaliyot integratsiyasiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi metaforik iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari, frazeologik iboralarning turli stilistik vositalarga asoslanganligi, ularning lingvokognitiv tahlili bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019-yil 21-oktyabrdagi 04-25-2176-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda ingliz va o‘zbek tillaridagi iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning til leksikologiyasidagi o‘rni, grammatik, leksik, semantik xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur va bilimlar shakllanishiga erishilgan.