Ibratova Feruza Boboqulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarini bankrot deb topishning fuqarolik-huquqiy muammolari», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu142.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Boboqulov Sotiboldi Bobonazarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona Qo‘mitasi Bojxona instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlarini bankrot deb topishning fuqarolik-huquqiy muammolariga doir fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarzdor nomidan qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi asoslab berilgan;
qarzlarni uzish rejasining nusxalari kreditorlarga va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilgan holda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzlarni uzish rejasi ilova qilinishi lozimligi asoslab berilgan;
bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘z mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqa usullarda berish bilan bog‘liq bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlar hisoblanishi asoslab berilgan;
qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinishi bir vaqtda uning mol-mulkini xatlashi lozimligi asoslab berilgan; 
iqtisodiy sud tomonidan ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning ko‘chmas mol-mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur bo‘lganda tugatish boshqaruvchini tayinlanishi va ushbu qarzdorning mol-mulkini tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotilishi asoslab berilgan;  
davlat korxonasidan, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsdan tashqari, kreditorlar talablarini qondirishga qurbi etmagan tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs sudning qaroriga asosan bankrot deb topilishi mumkinligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini bankrot deb topishning fuqarolik-huquqiy muammolarini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qarzdor nomidan qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 145-moddasining uchinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–455-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik  palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 04/1-06-87-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs tomonidan bankrotlik holatida kelishuv bitimni tuzishga imkon bergan;
qarzlarni uzish rejasining nusxalari kreditorlarga va bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilgan holda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzlarni uzish rejasi ilova qilinishi lozimligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 176-moddasining birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–455-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 04/1-06-87-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qarzdor – yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga ilova qilinadigan hujjatlarni aniqlashga imkon yaratgan;
bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘z mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqa usullarda berish bilan bog‘liq bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlar hisoblanishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 178-moddasining birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–455-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 04/1-06-87-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs bitimlarining haqiqiy emasligining oqibatini huquqiy tartibga solishga ko‘maklashgan;
qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinishi bir vaqtda uning mol-mulkini xatlashi lozimligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 179-moddasining birinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va  qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–455-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 04/1-06-87-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulkini aniqlashga va undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulkni aniqlashga imkon bergan;
iqtisodiy sud tomonidan ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun qarzdor bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning ko‘chmas mol-mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur bo‘lganda tugatish boshqaruvchini tayinlanishi va ushbu qarzdorning mol-mulkini tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotilishiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 181-moddasining ikkinchi qismi) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–455-son Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 4 iyuldagi 04/1-06-87-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning ko‘chmas mol-mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqarish va sotilishini huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
davlat korxonasidan, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsdan tashqari,  kreditorlar talablarini qondirishga qurbi etmagan tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs sudning qaroriga asosan bankrot deb topilishi mumkinligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F-5464-son Farmoyishiga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibida ishtirok etib, Fuqarolik kodeksi loyihasining 47–57-moddalari bo‘yicha berilgan takliflari kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 2019 yil 15 noyabrdagi 3/6-5464-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat korxonasidan tashqari yuridik shaxslar, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning bankrotligini huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish