Bozarov Shavkatjon Tadjibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Lizing shartnomasining mazmuni va uni qo‘llanishining huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu388.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xazratqulov Odilbek Tursunovich, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lizing shartnomasini tuzish va ijro etishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish, lizingning yangi turlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish va lizing xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing ob’ektidan foydalanish mumkinligi haqidagi taklif asoslab berilgan;
lizing shartnomasi buzilgan taqdirda, lizing beruvchi bir vaqtning o‘zida ham barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish, ham garov narsasini undirishni talab qilish huquqiga ega emasligi haqidagi taklif asoslangan;
lizing beruvchining da’vo arizasida bir necha talablar mavjud bo‘lganda, ushbu talablardan biri, ya’ni lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi yoxud etkazilgan zararni undirish va undiruvni lizing ob’ektiga qaratgan tarzda shartnomani bekor qilish talabi qanoatlantirilishi kerakligi asoslangan;
lizing va kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilinganda, subsidiyalar lizing tashkiloti, tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga asosan, shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshirilishi asoslab berilgan;
lizing asosida etkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avans to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish, lizing to‘lovlarining o‘z vaqtida undirilishi va Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlash vazifalari lizing tashkilotiga yuklanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lizing shartnomasining mazmuni va uni qo‘llanishining huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing ob’ektidan foydalanish mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishning kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–572-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 595-moddasining uchinchi qismi hamda 597-moddaning to‘rtinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 24 martdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlash hamda zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni tartibga solishga xizmat qilgan;
lizing shartnomasi buzilgan taqdirda, lizing beruvchi bir vaqtning o‘zida ham barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish, ham garov narsasini undirishni talab qilish huquqiga ega emasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 19 dekabrdagi 37-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarining iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi 2015 yil 27 noyabrdagi 289-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 11 martdagi 399-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi lizing oluvchining huquqlarini himoya qilishni samarali ta’minlashga xizmat qilgan;
lizing beruvchining da’vo arizasida bir necha talablar mavjud bo‘lganda, ushbu talablardan biri, ya’ni lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi yoxud etkazilgan zararni undirish va undiruvni lizing ob’ektiga qaratgan holda shartnomani bekor qilish talabi qanoatlantirilishi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 19 dekabrdagi 37-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarining iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi 2015 yil 27 noyabrdagi 289-sonli qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 11 martdagi 399-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi lizing oluvchining manfaatini himoya qilishga xizmat qilgan;
lizing va kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilinganda, subsidiyalar lizing tashkiloti, tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga ko‘ra shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2- va 5-bandlarini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2021 yil 2 apreldagi 12/21-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi lizing shartnomasi tuzishda subsidiya asosida rag‘batlantirishning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
lizing asosida etkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avans to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish, lizing to‘lovlarining o‘z vaqtida undirilishi va Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlash vazifalari lizing tashkilotiga yuklanishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 578-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2000 yil 2 noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2021 yil 2 apreldagi 12/21-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi lizing tashkiloti vakolatini aniqlashga xizmat qilgan.