Rajabov Nazirjon Razzoqovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investision muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish (Navoiy EIZ misolida)”, 08.00.13 – «Menejment» ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam:  B2021.1.PhD/Iqt1057.
Ilmiy rahbar: Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifxodjaev Usmon Ul`fatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investision muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
erkin iqtisodiy zonalarda investision muhit jozibadorligini boshqaruv samaradorligi darajasini investision faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlari asosida reyting baholash tizimi taklif etilgan;
erkin iqtisodiy zonalarda potensial va istiqbolli investorlarning «investision mavqei»ni oshirishning risk-menejment strategiyasi balanslashgan investision siyosatni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
ma’muriy-iqtisodiy hududlarning investision muhit jozibadorligini samarali boshqarishga qaratilgan zonal siyosat konsepsiyasiga «makon investision pasporti va xaritasi»ni kiritish orqali tashkiliy jihatlari takomillashtirilgan;
investision salohiyatni barqarorlik ko‘rsatkichlari orqali boshqarish asosida Navoiy viloyatining yalpi hududiy mahsulot xajmini 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Investision muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
erkin iqtisodiy zonalarda investision muhit jozibadorligini boshqaruv samaradorligi darajasini investision faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlari asosida reyting baholash bo‘yicha taklifi Navoiy viloyati hokimligining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2020 yil 10 noyabrdagi № 01-04/1867-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatga jalb etilgan xorijiy investisiyalar hajmi 2020 yilda 11,2 foizga oshgan;
erkin iqtisodiy zonalarda potensial va istiqbolli investorlarning «investision mavqei»ni oshirishning balanslashgan investision siyosatni shakllantirish asosida takomillashtirilgan risk-menejment strategiyasi Navoiy viloyati hokimligining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2020 yil 10 noyabrdagi № 01-04/1867-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida Navoiy EIZda faoliyat yuritayotgan xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarning direksiya bilan hamkorlikdagi shartnomani uzaytirish haqida qo‘shimcha arizalari soni 2020 yilda 16 foizga oshgan;
ma’muriy-iqtisodiy hududlarning investision muhit jozibadorligini samarali boshqarishga qaratilgan zonal siyosat konsepsiyasiga «makon investision pasporti va xaritasi»ni kiritish orqali tashkiliy jihatlari takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar Navoiy viloyati hokimligining Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-04/1867-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida Navoiy viloyatidagi potensial va istiqbolli investorlarning yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 11,4 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki 19,9 foizga oshgan;
Investision salohiyatni barqarorlik ko‘rsatkichlari orqali boshqarish asosida Navoiy viloyatining yalpi hududiy mahsulot xajmini 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlaridan Navoiy viloyati hokimligining Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasida foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2020 yil 10 noyabrdagi № 01-04/1867-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni Navoiy viloyatining 2025 yilgacha bo‘lgan xududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish