Tolipova Baxtigul Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning investisiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (Oziq-ovqat sanoati korxonalari misolida), 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt567.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarining investisiyaviy samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar investision loyihalari samaradorligini real baholashda an’anaviy parametrik ko‘rsatkichlariga ehtimolli (“Real opsionlar usuli” (ROV)) va sifat (“Muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi” (BSC)) ko‘rsatkichlarini kiritish taklif etilgan;
oziq-ovqat sanoatini global oziq-ovqat ta’minoti tarmog‘iga bog‘lash asosida oziq-ovqat havfsizligi ta’minlash va investisiya samaradorligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarini uzoq muddatli rivojlantirishning "investision salohiyat" veb-platforma loyihasi investisiyalar samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlariga asoslangan reyting tizimini kiritish orqali takomillashtirilgan;
ichki investisiyalarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’siri samarali ekanligi asoslangan hamda 2030 yilga qadar ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Korxonalarning investisiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar investision loyihalari samaradorligini real baholashda an’anaviy parametrik ko‘rsatkichlariga ehtimolli (“Real opsionlar usuli” (ROV)) va sifat (“Muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi” (BSC)) ko‘rsatkichlarini kiritish mazmunidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-04/5-6761-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida investision loyiha asosida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarning investisiyaviy samaradorligini baholash imkoniyati yaratilgan;
oziq-ovqat sanoatini global oziq-ovqat ta’minoti tarmog‘iga bog‘lash asosida oziq-ovqat havfsizligi ta’minlash va investisiya samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-04/5-6761-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida oziq-ovqat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirishga, unda mahsulotlar yo‘qotilishi oldini olishga, mahsulotlar xavfsizligini oshirishga, shuningdek, kichik korxonalarning yirik korxonalar “o‘yin”laridan himoya qilinishiga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarini uzoq muddatli rivojlantirishning "investision salohiyat" veb-platforma loyihasi investisiyalar samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlariga asoslangan reyting tizimini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-04/5-6761-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga investisiyalarni jalb etishda investorlarning qaror qabul qilishi bo‘yicha sxema ishlab chiqildi hamda veb-platforma kontenti uchun raqamlashtirishning ahamiyati asoslab berilgan;
ichki investisiyalarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’siri samarali ekanligi asoslangan hamda 2030 yilga qadar ssenariyli prognozi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-04/5-6761-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga qo‘llash natijasida oziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarishda ichki investisiyalarning o‘rni ahamiyatli ekanligi isbotlandi.  Tuzilgan ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar ko‘p ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish