Rahimov Sanjar Abdulahadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotda banklarning depozit siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1224.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Dodiev Fozil O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: XAB “Trastbank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari va uni takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari depozitlarining muddati va summalari bo‘yicha differensial foiz stavkalarini joriy etish asosida ularning barqarorlik darajasi hamda jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari depozit siyosatining qisqa va uzoq muddat oralig‘idagi samaradorligini aniqlashning tizimli baholash usuli va baholashning bazaviy mezonlari taklif qilingan;
tijorat banklari depozit siyosatining iqtisodiy samaradorligini depozit xizmatlari bozoridagi talablar doirasida har chorakda baholash asosida unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taklif etilgan;
tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ballik tizim asosida baholash orqali ularning depozit bazasi mustahkamligini ta’minlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Innovatsion iqtisodiyotda banklarning depozit siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
banklarning depozit siyosatini ishlab chiqishda foiz stavklarining turlari (qat’iy belgilab qo‘yilgan va suzib yuruvchi (barqarorlik darajasiga bog‘liq holda)), real va nominal, ijobiy va salbiy (resurslar va foizlarning qadrsizlanishidan himoyalanganlik darajasiga bog‘liq holda), shartnomaviy foiz stavkalari va banklararo bozordagi foiz stavkasi (depozit bozoridagi sektorga bog‘liq holda) va ularni amal qilish tartibini qa’tiy belgilab qo‘yish maqsadga muvofiqligi taklifi ATIB “Ipoteka bank”ning 2019 yilga mo‘ljallangan bank depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (ATIB “Ipoteka bank”ning 2020 yil 17 dekabrdagi 14-3/5044-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning jami depozitlari yil boshiga nisbatan 2020 yilning 1 yanvar` holatiga 15,4 foizga oshishiga imkon yaratgan;
tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ballik tizimda baholash modulini joriy etish taklifi ATIB “Ipoteka bank” depozit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (ATIB “Ipoteka bank”ning 2020 yil 17 dekabrdagi 14-3/5044-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bankning depozitlar bahosi bozor talabi va taklifi asosida differensiyalash imkoniyatini berish bilan birga talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha qilingan foiz to‘lovlariga qilingan xarajatlarni 2020 yil 1 oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga qisqartirish imkoniyatini bergan;
tijorat banklarining depozit siyosatini mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi depozit xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni optimistik, bazaviy va pessimistik ssenariylar asosida har chorakda kamida bir marta bank kengashida muhokama qilish asosida tegishli qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan qayta tasdiqlash amaliyotini joriy etish taklifi ATIB “Ipoteka bank”ning depozit siyosatida joriy etilishi natijasida depozit xizmatlari assortimentini kengaytirishga xizmat qilgan (ATIB “Ipoteka bank”ning 2020 yil 17 dekabrdagi 14-3/5044-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bankning kelgusi yillardagi depozit siyosatini ishlab chiqishda qo‘llash qabul qiligan va 2021 yil biznes rejasi parametrlarni ishlab chiqishda joriy etilgan;
tijorat banklarining depozit siyosati qisqa va uzoq muddat oralig‘idagi samaradorligini kompleks-tizimli (vektor) baholash mezonini amaliyotga joriy kilish taklifi ATIB “Ipoteka bank”ning 2019 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanildi va amaliyotga joriy etildi (ATIB “Ipoteka bank”ning 2020 yil 17 dekabrdagi 14-3/5044-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muddatli depozitlar summasi 2020 yil 1 yanvar` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,4 foizga ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish