Irmatova Muxarram Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tarkibida turli nisbatda paxta va mahalliy poliefir tolalari bo‘lgan to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T799.
Ilmiy rahbar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulomqodir Nabievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli nisbatda paxta va mahalliy poliefir tolalari asosidagi to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlash, shu jumladan bo‘yash va gul bosish texnologiyalarini yaratish va uni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralash tolali matolarning aniqlangan o‘ziga xosligi asosida paxta va poliefir tolalari nisbatiga mos ravishda ularni pardozlashga tayyorlash jarayonining texnologiyasi takomillashtirilgan;
aralash tolali matoning har ikkala tolaviy komponentlarida bir tekis va mustahkam ranglarni olish imkonini beruvchi uzluksiz va davriy bo‘yash jarayonlari yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxta-poliefir matolarida to‘yingan ranglarni hosil qilish uchun ikki eritmali, och tusdagi ranglar uchun esa bir eritmali usullarda bo‘yashning samarali texnologiyalari yaratilgan;
aktiv va dispers bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yalgan paxta-poliefir matosining rang ko‘rsatkichlarini jarayonda bo‘yovchi moddani toladan desorblanishini oldini olish orqali intensiv ranglar hosil qilish qonuniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida turli nisbatda paxta va poliefir tolalari bo‘lgan matoni pardozlashga tayyorlash va bo‘yash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta va poliefir tolalari nisbati 57/43 bo‘lgan matoni aktiv va dispers bo‘yovchi moddalar bilan ikki bosqichli uzluksiz usulda bo‘yash jarayoni “TASH-TIB TEX” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 4 yanvar` 2021 yil №04/18-09 sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli xil nisbatdagi paxta va poliefir tolalari aralashmasidan iborat matolarni resurs energiya tejamkor bo‘yash texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan
paxta va poliefir tolalari nisbati 75/25, 57/43 va 44/56 bo‘lgan matolarni uzlukli ikki bosqichli usulda bo‘yash texnologiyasi “KOMPANIYA UNITEX” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 4 yanvar` 2021 yil №04/18-09 sonli ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi tayyor kiyim-kechaklar tayyorlashda yangi assortimentdagi pardozlangan mahalliy mato ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.