Tilemisov Sultan Ongarbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘sma etiologiyali mexanik sariqlikda diagnostika va o‘t yo‘llari dekompressiya usullari tanlovini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/TiB598.
Ilmiy raxbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.N.Sizganov nomidagi milliy amaliy xirurgiya markazi, (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘sma etiologiyali mexanik sariqlikda o‘t yo‘llari dekompressiyasi miniinvaziv usullarini qo‘llash orqali o‘smaning joylashuvini hisobga olgan holda ochiq palliativ va radikal aralashuv bosqichlarining takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘sma etiologiyali mexanik sariqlik bilan xastalangan bemorlar orasida o‘sma bilan shikastlanishning atrof-muhit omillarning salbiy  ta’siri, o‘t-tosh kasalliklari, surunkali jigar kasalliklari va gepatotsitlarning zararlanishni klinik xususiyatlari asoslangan;
o‘t yo‘llari  shikastlanish darajasini hisobga olgan holda endobiliar aralashuvlarni amalga oshirishda proksimal to‘sig‘ida antegrad aralashuv, distal to‘sig‘ida retrograd endobliar aralashuvlarniing anatomik xususiyatlarini inobatga olib bajarishning differensial yondoshuvining zarurati ishlab chiqilgan;
o‘sma etiologiyali mexanik sariqlik  mavjud bemorlarda  tashqaridan mininvaziv teri-jigar orqali endobiliar jarroxlik muolajasini optimallashtirilgan bosqichma-bosqich o‘sma torayishini rekanalizatsiyalash texnikasi joriy etilgan;
o‘t yo‘llari to‘silishi tufayli yuzaga kelgan mexanik sariqlik jigar etishmovchiligiga olib keladi. Shu tufayli mininvaziv dekompressiyasini amalga oshirmasdan ochiq operatsiyalarda narkoz va qo‘llaniladigan dori vositalarining jigar etishmovchiligini kuchaytirishi sababli operatsiyadan keyingi asoratlarni va o‘lim darajasini keskini ortishi isbotlangan; 
o‘sma etiologiyali mexanik sariqlik bilan xastlangan bemorlarni xirurgik davolash ikki bosqichli dekompressiya yo‘lining samaradorligi hamda o‘smani radikal olib tashlash imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘sma etiologiyali mexanik sariqlikda diagnostika va o‘t yullari dekompressiya usullari tanlovini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘sma etiologiyali mexanik sariqlikni tashxislash va o‘t yullari dekompressiya usullari tanlovini takomillashtirish natijalar asosida ishlab chiqilgan «O‘sma etiologiyali mexanik sariqlik bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 martdagi 8n-d/121-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sma etiologiyali mexanik sariqlikni tashxislash va o‘t yullari dekompressiya usullari tanlovini takomillashtirish orqali kasallikni davolash taktikasini tanlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
o‘sma etiologiyali mexanik sariqlikda diagnostika va o‘t yullari dekompressiya usullari tanlovini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro va Jizzax viloyatlari fililarining shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 8n-z/72-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  o‘sma etiologiyali mexanik sariqlik bilan kasallangan bemorlarda asoratlarning tashxisi sifatini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlarni 21,9 % dan 9,9% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 9,3% dan 3,3% gacha kamaytirishga, kasalxonda bo‘lish o‘rin kun 4 kunga kamayishtirish imkonini  bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish