Bustanov Oybek Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida serebro-vaskulyar buzilishlaridagi antifosfolipid sindromining tashxisi, klinik-neyrofiziologik va immunologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Tib398.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Furqat Abdulaxatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston); Sanaeva Matlyuba Jaxonkulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ul`yanovsk davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antifoslipid sindromi serebro-vaskulyar ko‘rinishlarining klinik nevrologik, neyrovizual va immunologik xususiyatlarini baholashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarining turli shakllarida antifosfolipid sindromi bilan bog‘liq nevrologik belgilarning klinik–immunologik jixatlari, ul`tratovush va neyrovizualizatsiya tekshiruvlarning natijalari o‘zaro mos kelishi aniqlangan;
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarining turli shakllarida antifosfolipid sindromi bilan bog‘liq nevrologik belgilar kelib chiqishida immunologik tekshiruv ko‘rsatkich natijalarini (qon zardobida IgG/IgM antikardiolipin va IgG/IgM anti-β2-glikoprotein va qon plazmasida volchankali antikoagulyant) ishonchli oshganligi isbotlangan;
antifosfolipid sindromining nevrologik ko‘rinishli biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida immunologik reaksiya ko‘rsatkichlari sog‘lom donorlar, noautoimmun genezli nevrologik kasalliklar mavjud bemorlar va asab tizimi shikastlanmagan biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari bor bemorlarga nisbatan ishonchliligi yuqoriligi isbotlangan;
nevrologik ko‘rinishli biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari kuzatilgan bemorlarda antifosfolipid sindromini erta tashxislashda immunologik xamda kliniko-neyrovizuolizatsion tekshiruvlarni qo‘llash bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida serebro-vaskulyar buzilishlaridagi antifosfolipid sindromining tashxisi, klinik-neyrofiziologik va immunologik xususiyatlarinibaholash bo‘yichaolingan natijalar asosida:
serebrovaskulyar buzilishlarda antifosfolipid sindromi kuzatilgan bemorlarni tekshirish ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari fonida serebro-vaskulyar buzilishlarda antifosfolipid sindromi kuzatilgan bemorlarni tashxislash va parvarishlash taktikasi algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari negizida serebro-vaskulyar buzilishlarda antifosfolipid sindromi kuzatilgan bemorlarni erta tashxislash va parvarishlash taktikasi algoritmining tatbiq natijasida kasallikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashimkonini bergan;
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari natijasida yuzaga kelgan bosh miya qon tomir kasalliklarida antifosfolipid sindromi rivojlanishini tekshirish ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari fonidagi serebrovaskulyar buzilishlarida antifosfolipid sindromi rivojlanishining prognozlash usullari»nomliuslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari negizida serebrovaskulyar buzilishlarda antifosfolipid sindromi qayd qilingan bemorlarni erta tashxislash, ularni davolashda kasallikni kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida serebro-vaskulyar buzilishlaridagi antifosfolipid sindromining tashxisi, klinik-neyrofiziologik va immunologik xususiyatlarini baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladanAndijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 8n-z/37-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida antifosfolipid sindromini tashxislash algoritmini tatbiq natijalari asosida nogironlik va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish