Yulchiev Kaxxor Vaxobovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«O‘zbek she’riyatida birlik va uchlik she’r poetikasi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil4

Ilmiy rahbar: Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Doniyarova Shoira Xursanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nazarov Baxtiyor Aminovich, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi.

Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi birlik va uchlik lirik janrlarining identifikatsiyasini ishlab chiqish, ularning genezisi hamda poetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kichik lirik janrlar kategoriyasi yuzasidan mavjud nazariyalarni tahlil etish asosida ularning birlik va uchlik janrlariga bog‘liq jihatlari yoritilgan;

birlik va uchlik she’rlari strukturasiga xos xususiyatlar ochib berilgan;

birlik va uchlik genezisi hamda manbalarni aniqlash, birlik she’rning ironik, falsafiy-aforistik, ijtimoiy-publisistik kabi tasnifi ishlab chiqilgan;

birlik va uchlik janrlarining shakliy-mazmuniy strukturasi, obrazlar tizimining badiiy-estetik va g‘oyaviy-funksional tabiati va uchlik she’r kompozisiyasi aniqlangan;

birlik va uchlik she’r janrining  namoyon bo‘lish shakli, poetik maqomi va xususiyatlari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Birlik va uchliklarning janr xususiyatlari, genezisi va poetikasini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:

o‘zbek she’riyatidagi birlik va uchliklarning umumiy va farqli tomonlari, poetik xususiyatlari o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotiga bog‘langani, o‘zbek she’riyatidagi uchliklar koreys she’riyatidagi uchliklar bilan tipologik munosabatda, yapon she’riyatidagi xayku bilan esa adabiy ta’sirga egaligi, birliklarni tasniflash va ularning ijtimoiy muammolarni yoritishdagi ahamiyati, lirik voqelikning kul`minatsion nuqtasinigina ifodalashi kabi masalalarni echishda  FA – F1-G 040 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 yanvardagi 03-13/56-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zbek adabiyotining jahon adabiyotidagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;

Anvar Obidjonning ozodlik, erk, yurt mustaqilligi, inson va uning yuksak estetik idealiga oid birlik va uchlik she’rlari tahlilidan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan «Zamonaviy barkamol shaxs tarbiyasida oqilona turmush tarzini shakllantirishning innovatsion omillari» nomli innovatsion loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 23 iyundagi 29-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi barkamol shaxs tarbiyasida oqilona turmush tarzini shakllantirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;

o‘zbek she’riyatidagi birlik va uchliklar genezisi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyoti namunalari bilan bog‘liqligi, har qanday bir yoki uch qatorli asar ham she’r deb atalmasligi, buning uchun o‘ziga xos poetik struktura bo‘lishi lozimligi, kam so‘z yordamida teran mazmun ifodalash ijodkordan uzoq yillik izlanish, mahorat talab qilishi haqidagi faktik materiallardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida ijodkorlar mahoratini oshirish, yosh iste’dodlarni tarbiyalash, turli to‘garak va seminarlar o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 9 yanvardagi  01-03/32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi tufayli zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi birlik va uchlik she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalarini ochib beriishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish