Abdieva Dilnavoz Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Marketing yondashuvlari asosida tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyatini oshirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1606.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi marketing yondashuvlari asosida tikuv-trikotaj korxonalarining xalqaro faoliyati va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi ishlab chiqarish sub’ekt-larining eksport bozoriga chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ballar, eksport mezonlarini muhimlik va eksport salohiyatini birlik ko‘rsatkich-lari asosida baholash negizida tikuv-trikotaj korxonasining eksport salohiyatini marketing integral oraliq natijalari yondashuviga [kritik (0 dan 0,30 gacha), qoniqarsiz (0,31- 0,50), qoniqarli (0,51 – 0,70), yaxshi (0,71 - 0,85) va ideal (0,86-1)] ko‘ra baholash taklif etilgan (2.16-jadval);
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakaltlari tikuv-trikotaj bozorlarining o‘ziga xos marketing iste’mol xususitlari ochib berilib, bir-biriga yaqin 5 guruhdan iborat (I- Ozarbayjon, Turkmaniston; II- Belarus`, Tojikiston; III- Armaniston; IV- Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) bozorlar segmenti shakllantirilgan holda milliy tikuv-trikotaj ishlab chiqarishining eksport salohiyati strategiyasini amalga oshirish asoslangan;
globallashuv jarayonida tikuv-trikotaj mahsulotlarining bozor raqo-batdardoshligini ta’minlashda marketing tadqiqotlarini tovarlar narxi marketing siysatini ishlab chiqarishdan ko‘ra xaridor hal qiluvchi omil arxitekturasiga qurishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; (21, 118, 140,
hududiy-predmetli shaklidagi ixcham “Paxta-to‘qimachilik” klasterini tashkil qilgan holda uning har bir (yondosh) ishlab chiqarish bo‘g‘ini uchun ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma, o‘quv-ilmiy tuzilmani shakllantirish (integratsiyalash)ga asoslangan holda istiqbol ishlab chiqarishning mehnat unumdorligini xalqaro darajaga muvofiqligiga ko‘ra tashkil qilish, va uning asosida eksport salohiyatini oshirish asoslangan (91, 154, Ilova 4).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Marketing yondashuvlari asosida tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikuv-trikotaj korxonasining eksport salohiyatini integral oraliq natijalariga [kritik (0 dan 0,30 gacha), qoniqarsiz (0,31- 0,50), qoniqarli (0,51 – 0,70), yaxshi (0,71 - 0,85) va ideal (0,86-1)] ko‘ra baholash bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi-ning 2021 yil 29 yanvardagi 03/14-438-son va “FULL COTTON” MChJ to‘qimachilik korxonasining 2020 yil 26 dekabrdagi ma’lumotnomalari). Natijada “FULL COTTON” MChJ to‘qimachilik korxonasi eksport hajmi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 4,1 foizga oshgan, korxonaning mahsulot eksport salohiyati shu davrda 1,6 foizga ortgan, mahsulot tannarxi esa 0,6 foizga kamaygan;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakaltlari tikuv-trikotaj bozorlarining 5 guruhdan bozorlar segmentiga asosan milliy tikuv-trikotaj ishlab chiqarishining eksport salohiyati strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 yanvardagi 03/14-438-son va “Betlis Tekstil” MChJ to‘qimachilik korxonasining 2020 yil 25 dekabrdagi ma’lumotnomalari). Natijada “Betlis Tekstil” MChJ to‘qimachilik korxonasi eksport hajmi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 3,1 foizga, eksport salohiyati 1,4 foizga oshgan;
globallashuv jarayonida tikuv-trikotaj mahsulotlarining bozor raqo-batdardoshligini ta’minlashda marketing tadqiqotlarini tovarlar narxini belgilashda ishlab chiqaruvchilardan ko‘ra xaridorlarning hal qiluvchi rol o‘ynashi arxitekturasiga qurilishi taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 yanvardagi 03/14-438-son ma’lumotnomasi). Natijada eksportyor korxona mahsulot sotish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 1,6 % ga oshgan;
mintaqalarda “Paxta-to‘qimachilik” klasterlarini tashkil qilish hamda tikuv-to‘qimachilik tarmog‘i eksport salohiyatini oshirishning kompleks tadbirlari tizimi ishlab chiqarish mehnat unumdorligining xalqaro darajasiga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibi-dagi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 yanvardagi 03/14-438-son ma’lumotnomasi). Natijada “FULL COTTON” MChJ paxta-to‘qimachilik korxonasi mahsulotining tannarxini 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 0,6 % ga kamaytirish imkonini bergan.