Mirzarahimov Baxtiyor Xoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari», 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal393.
Ilmiy rahbar: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Erkayim Kozuevna, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«turizm madaniyati» tushunchasining falsafiy asoslari (turistik ong munosabat va faoliyat) va turizm madaniyatining komponentlari (turistik savodxonlik, qiziqish, faollik)ning sintezlashuvi asosida turizmga praksiologik munosabat(aksiologik baho, gnoseologik tafakkur, akmeologik faollik, estetik ehtiyoj)ning shakllanishi asoslangan; 
o‘zbek turizm madaniyatining yangi rivojlanish bosqichida “milliy turistik an’analar” va “sayyohlik madaniyati” tushunchalarining genezisi, shakllanish bosqichlari va mental hususiyatlarini ochib berish orqali turizm sohasining rivojlanish istiqbollari asoslangan; 
o‘zbek turizm madaniyatini yuksaltirish jarayonida “milliy turizm muloqoti va madaniyatini”ni ishlab chiqish asosida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va do‘stona muloqotni namoyon qilish etiketini yaratish vazifalari asoslangan; 
o‘zbek turizmining milliy-mental xususiyatlari va turizm sohasidagi innovatsion jarayonlar uyg‘unligini ta’minlash mamlakatning turistik salohitini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillariga oid olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari:
«turizm madaniyati» tushunchasining falsafiy asoslari (turistik ong munosabat va faoliyat) va turizm madaniyatining komponentlari (turistik savodxonlik, qiziqish, faollik)ning sintezlashuvi asosida turizmga praksiologik munosabat(aksiologik baho, gnoseologik tafakkur, akmeologik faollik, estetik ehtiyoj)ning shakllanishiiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetining «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida chop etilgan «Barkamol insonni tarbiyalash davr talabi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3260-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning turizm madaniyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish hamda bu boradagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan; 
o‘zbek turizm madaniyatining yangi rivojlanish bosqichida “milliy turistik an’analar” va “sayyohlik madaniyati” tushunchalarining genezisi, shakllanish bosqichlari va mental hususiyatlarini ochib berish orqali turizm sohasining rivojlanish istiqbollari ilmiy tadqiqiga oid ma’lumotlaridan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Kotsepsiyasining 3-bobi «Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari» bo‘yicha vazifalarni belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 02-16/3029-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek turizm madaniyatini global turizmning yangi turlari bilan uyg‘un rivojlantirishga va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rejalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘zbek turizm madaniyatini yuksaltirish jarayonida “milliy turizm muloqoti va madaniyati”ni ishlab chiqish asosida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va do‘stona muloqotni namoyon qilish etiketini yaratish, innovatsion jarayonlar uyg‘unligini ta’minlashga oid ma’lumotlaridan Madaniy meros departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2020 yil 6 yanvarda tasdiqlangan yillik ish rejasining III. 9-bandida belgilangan Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Madaniy meros departametining 2020 yil 1 iyuldagi 01-02-f.j/364-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda turistik ob’ektlarni ilmiy o‘rganish, ular haqida keng aholiga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish orqali xalqimizning turizm madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha metodologik manba ishlab chiqishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish