Madiyarov Inamjan Batirbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va qoraqalpoq xalq tez aytishlari tipologiyasi”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil673
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Salimaxon Rayimjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kenesbay Allambergenovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Munis Yunusovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq xalq tez aytishlarining genezisi va tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, janrning yuzaga kelish omillari, janriy va vazifaviy xususiyatlari, badiiyati, tipologiyasi hamda uning boshqa janrlar bilan o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq xalq tez aytishlarining genezisi, ularning qadimgi mifologik qarashlar hamda rituallarga bog‘liqligi, tez aytishlarning tarixiy-tadrijiy takomili, yuzaga kelish omillari, janrning dastlabki funksiyalari, marosim fol`klori bilan aloqadorligi, tasnifi, janriy va vazifaviy xususiyatlari, tez aytishlarda ijtimoiy davr in’ikosi, turkiy, xususan, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarida tez aytishlarning ijro o‘rni va ijro usullari dalillangan;
tez aytishlarning boshqa bolalar fol`klori janrlari bilan genetik aloqadorligi, ya’ni janrlararo munosabat masalasi, xalq talab va ehtiyojlariga moslashib borishi natijasida maqol-tez aytishlar, topishmoq-tez aytishlar va sanama-tez aytishlar kabi yangi hosilalar paydo bo‘lgani aniqlangan;
turkiy, xususan, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari fol`kloridagi tez aytishlar tipologik jihatdan mushtarak xususiyatlarga egaligi ochib berilgan, nasriy va she’riy, bolalar, o‘smirlar, kattalar, chalg‘itishga asoslangan, so‘z ma’nosi o‘zgaradigan va tajnisli, voqeaband va kumulyativ, qadimiy (an’anaviy), zamonaviy turlari mavjudligi ko‘rsatilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tez aytishlarida ushbu xalqlarning milliy mentaliteti, o‘ziga xos an’ana va qadriyatlari aks etganligi, mazkur xalqlar urf-odatlari va marosimlaridagi mushtarakliklar tez aytishlarda ham aks etganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq xalq tez aytishlarining o‘rganilishi, qiyosiy tipologiyasi, yuzaga kelish omillarining mushtarakligi, o‘xshash va farqli xususiyatlari, badiiyati bilan bog‘liq vazifalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tez aytish janri, uning jahon fol`klori janrlar tizimidagi o‘rni, tipologiyasi, genezisi, tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, boshqa janrlar bilan genetik aloqalari va janriy munosabat masalalari haqidagi nazariy xulosalaridan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2016-2020) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 26 maydagi 17.01/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot xulosalari o‘zbek va qoraqalpoq fol`klorining janrlar tarkibi, tarixiy asoslari, badiiy evolyusiyasi, tipologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qilgan;
xalq tez aytishlarining kompozision tuzilishi, badiiyatiga oid nazariy xulosalari Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida qoraqalpoq she’riyatida xalq tez aytishlarining badiiyatini o‘rganish orqali millat ruhini, ma’naviyatini ifodalash hamda fol`klor an’analarining asar g‘oyasini ochib berishdagi ahamiyatini yoritishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 4 iyundagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotida fol`klorga xos an’analarni qo‘llash, ushbu ikki xalq she’riyatidagi xalqona obraz va tushunchalarni talqin qilish masalalari oydinlashgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Andijon viloyati bo‘limi “Mutolaa zavqi” teleko‘rsatuvi, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “She’riyat gulshani” va “Radiomutolaa” eshittirishlarini tayyorlashda o‘zbek xalq tez aytishlarining o‘ziga xosligi, kompozisiyasi, badiiyatiga oid ilmiy qarashlar va xulosalardan foydalanilgan (Milliy teleradiokompaniya Andijon viloyati bo‘limining 2021 yil 19 maydagi 20-24/151-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatuv va eshittirishlarning badiiy jihatdan yanada qiziqarli, mazmunli, jonli chiqishiga erishilgan.