Xaydarov Islom Norboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Vermikulit, fosforsaqlagan birikmalar asosida antipiren suspenziyalarini olish va ularning kolloid xossalarini o‘rganish», 02.00.11 – Kolloid va membranalar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K128.
Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vermikulit, fosfor saqlagan birikmalar asosida antipiren suspenziyalarini olish va ularning kolloid xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sellyuloza materiallariga maxsus xossalarni berish uchun mahalliy xomashyo asosida fosfor, kremniy saqlagan yangi tarkibli antipiren suspenziyasi olingan;
suspenziyalarini olishda ularning dispers xossalarini o‘zgartirilishi bilan antipirenlarning xossalari yaxshilanishi natijada materiallarning olovbardoshligi oshishi aniqlangan;
mahalliy xomashyo asosida fosfor, kremniy saqlagan antipirenlar suspenziyasi olishning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;
suspenziyaning fizik-kimyoviy va kolloid xossalari asosida suspenzion antipirenlarni to‘qimachilik materiallariga shimdirish uchun qo‘llanishi mumkinligi aniqlangan;
tavsiya etilayotgan antipirenlarni qo‘shish materiallarning tutun hosil qilish koeffisient ko‘rsatkichini yaxshilashga va yonuvchanlikni kamaytirishga xizmat qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Antipiren suspenziyalari asosida olovbardosh to‘qimachilik materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘rtirilgan vermikulit asosida antipiren suspenziyalarini olish texnologiyasi «KARMENTA YaN TEKS» MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan (“O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2021 yil 11 yanvar` 04/18-201-son ma’lumotnoma). Natijada, turdosh import asosidagi antipirenga nisbatan 2 barobar arzon antipiren ishlab chiqarish imkonini bergan;
olingan antipiren suspenziyalari bilan sellyulozali materiallarni shimdirib modifikatsiyalash texnologiyasi “BAYDOST” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2021 yil 11 yanvar` 04/18-201-son ma’lumotnoma). Natijada, qo‘yilgan talablarga to‘liq muvofiq keladigan ekologik xavfsiz, olovbardosh to‘quvchilik materiallarini olish imkonini bergan.