Usmonjonova Xulkar Umarkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik xomashyosidan tabiiy oziq-ovqat bo‘yoqlari olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T887.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamurotovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik xomashyosidan tabiiy oziq-ovqat bo‘yoqlari olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rayhon va amarant o‘simliklarini ekstraksiyalashda gidromodul` 1/7, ekstragentdagi limon kislotasining 1%, etil spirti miqdori 50% bo‘lganda, 200S haroratda xomashyo tarkibidagi bo‘yoq moddaning ekstraksiyalanish darajasi ortishi aniqlangan;
rayhondan olingan bo‘yoq moddalar tarkibida fruktoza 7,14, glyukoza 5,6 va saxaroza 6,82 mg/l, vitaminlar B1 - 273,04, B2 - 265,70, B12 - 526,32 va Bs - 617,20 mg/l aniqlanib, tabiiy oziq-ovqat bo‘yoqlari biologik faol moddalarga boyligi isbotlangan;
amarant o‘simligining Amaranthaceae - Celosia cristata L. navidan olingan bo‘yoq moddalar tarkibida fruktoza miqdori 17,04, glyukoza 9,42 va saxaroza 7,21 mg/l ni, Amaranthus cruentus L. navida fruktoza miqdori 54,65, glyukoza 34,53 va saxaroza 19,8 mg/l ni tashkil etishi aniqlangan;
o‘simlik xomashyolaridan olingan tabiiy bo‘yoq moddaning xavfsizligi mezonlariga mosligi va chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyadan kamligi aniqlangan;
rayhon (Occimum basilicum L.) barglari va Amarant o‘simligining Amaranthus cruentus L. hamda Amaranthaceae-Celosia cristata L. navlari gullaridan suv-spirtli ekstraksiyalash usulida oziq-ovqat bo‘yog‘i olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik xomashyosidan oziq-ovqat bo‘yoqlari olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik xomashyosidan ekstraksiyalash usulida oziq-ovqat bo‘yog‘i olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2021–2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2021 yilning 11 martdagi 11-26/03-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikro- va makroelementlari saqlangan, istemol uchun xavfsiz bo‘lgan bo‘yoqlar olish imkonini bergan;
amarant gulidan oziq-ovqat bo‘yog‘i olish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2021–2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2021 yilning 11 martdagi 11-26/03-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol moddalarga boy, uglevodlar miqdori 17,1-54,5 mg/kg bo‘lgan, alkaloidlar, og‘ir metallar va ularning tuzlari me’yorlarga mos keluvchi bo‘yoqlar olish imkonini bergan.