Djumaniyazov Zokir Bazarbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida mexanik mustahkam, kimyoviy turg‘un keramik yo‘lak tosh olish texnologiyasi», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T435.
Ilmiy rahbar: Babaev Zabibulla Kamilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Zebo Abdullaevna, texnika fanlari doktori; Shernazarova Maxfuza Turgunbaevna, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati Qurbonov koni lyoccimon jinclari va shisha chiqindilaridan foydalanib, mexanik muctahkam, kimyoviy turg‘un keramik yo‘lak toshi olish texnologiyacini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati Qurbonov koni lyoccimon jinclarini kimyoviy va mineralogik tarkibi kvars (SiO2), kal`sit (CaCO3), gidroclyuda (K˂1Al2[OH]2(AlSi3O10)nH2O), al`bit (Na2OAl2O36SiO2), kaolinit (Al2[OH]4(Si2O5)), gematit (Fe2O3), montmorillonit (Al2[OH]2(Si4O10)mH2O) dan iboratligi aniqlangan;
lyoccimon jinclar va shisha chiqindici kiritilgan maccalar acocida kimyoviy turg‘un, mexanik muctahkam keramik yo‘lak toshi olish isbotlangan;
xomashyolarning maydalik darajaci, modifikasiyalovchi qo‘shimchalar miqdori va precclash bocimini keramik yo‘lak toshining ctrukturaci shakllanishiga ta’ciri asoslangan;
keramik macca tarkibiga yuqori haroratlarda bog‘lovchilik va pishirish haroratini pacaytiruvchi qo‘shimchani qo‘shish bilan copolakda anortit, diopsid va kvarslarni hocil qilish acoclangan;
anortit, diopsid, kvars minerallarini shakllantirish bilan namlik, sho‘rlanish va mexanik emirilish ta’ciriga chidamli keramik copolak olingan;
Qurbonov koni lyoccimon jinclari acocida mexanik muctahkam, kimyoviy turg‘un keramik yo‘lak tosh ishlab chiqarish texnologiyaci yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida mexanik mustahkam, kimyoviy turg‘un keramik yo‘lak tosh olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosi lyossimon jins va shisha chiqindisi kukuni bo‘lgan keramik massa olish texnologiyasi «Yuggazbutlash» AJ va «Jayxun» XFda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 14 yanvardagi 05/15-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, lyossimon jinslar va texnogen chiqindilar asosida oson suyuqlanuvchan keramik massa ishlab chiqarish imkonini bergan;
keramik yo‘lak tosh olish texnologiyasi «Yuggazbutlash» AJ va «Jayxun» XFda amaliyotga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 14 yanvardagi 05/15-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi, mexanik mustahkam, kimyoviy turg‘un, tannarxi 12,6 % ga arzonlashgan keramik yo‘lak tosh olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish