Shoyimov Shukrillo Umurzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harakatdagi avtomlbillarning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida jarohatlanishlarning sud tibbiy tavsifi», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1572.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit Indiaminovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Xasanali Raxmonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Andijon davlat tibbiyot instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harakatdagi avtomobillarning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvidagi jarohatlanishlar shakllanishi jihatlarini aniqlash va mexanizmini baholash asosida differensial tashhisot mezonlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piyoda-bolalar tanasida jarohatlanishlar shakllanish mexanizmi avtomobil travmasi fazalariga muvofiq holda baholangan va tashhisot tizimi takomillashtirilgan;
bo‘yi uzunligi 140,0±3,0 smdan baland piyoda – bolalarda oyoq suyaklaridagi sinishlar aksariyat holatlarda boldir suyaklari diafizi o‘rta uchligida, bo‘yi uzunligi 95,0±3.0 smdan yuqori va 140,0±3,0 smdan past bo‘lgan bolalarda esa – sinishlar son suyaklari diafizi o‘rta uchligida shakllanishi isbotlangan;
eski rusumli engil avtomobillarning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida birlamchi zarbasi sohalarida zararlangan tuzilmalardagi o‘zgarishlar, zamonaviy engil avtomobillar bilan to‘qnashuvida etkazilgan shu kabi zararlanishiga nisbatan, og‘ir darajali jarohatlanishlarning shakllanishi asoslangan;
letal holatlarda piyoda-bolalar o‘limi asosiy va bevosita sabablari aniqlangan, noletal holatlarda - jarohatlar og‘irlik darajalari mezonlari isbotlangan;
harakatdagi avtomobillarning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida jarohatlanishlari tabiati xamda jihatlarining a’zo va to‘qimalar tuzilmalari anatomo-fiziologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harakatdagi avtomobilning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piyoda-bolalar tanasida jarohatlanishlar shakllanish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Harakatdagi avtomobilning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida etkazilgan jaroxatlar mexanizmi va og‘irlik darajasini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 8n-r/167-son ma’lumotnomasi). Natijada piyoda-bolalarning harakatdagi avtomobillar bilan to‘qnashuvi jarayoniga oid sud-tibbiy tekshiruvlarni tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
piyoda-bolalar o‘limi asosiy va bevosita sabablari hamda jarohatlar og‘irlik darajalari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Avtomobil travmalarida piyoda – bolalarga etkazilgan jaroxatlanishlar oqibatidagi o‘lim xolatlarida sud tibbiy ekspertizalar o‘tkazish metodi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 8n-r/168-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspertiza xulosalari ishonchliligi va sifatini oshirish, qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar tayinlash zaruriyatini oldini olish imkonini bergan;
harakatdagi avtomobillarning piyoda-bolalar bilan to‘qnashuvida jarohatlanishlari tabiati xamda jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Navoi, Jizzax va Samarqand viloyat filiallari morfologiya va ambulatoriya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/93-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar sud-tibbiy tashxisot muddatini qisqartirishga, iqtisodiy sarf-xarajatlarni kamaytirishga va sud-tibbiy tekshiruvlar sifatini yaxshilash va asoslash imkonini bergan.