El-Said Abdel-Xalek Mohamedning (Elsayed Abdel-Xalek Mohamed) fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Matematik modellashtirishga asoslangan atom-maydon tizimining chigallashi va statistik xossalari bo‘yicha kvantli axborot kvantifikatorlari», 05.01.07– Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: XXX
Ilmiy maslahatchi: Rasulova Muxayyo Yunusovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Misrning Sohag (Sohag) universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxammad Ridza Vahiddin, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Malayziya); Maxmud Abdul Ati, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Misr); Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar Akademiyasi V.A.Steklova nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yopiq va ochiq atom-maydon tizimi o‘zaro ta’sirining matematik modelini qurish, ikki, uch, to‘rt sathli hamda optik nurlanish maydoni kabi kvant sxemalari uchun turli kvant kvantifikatorlarining dinamik hususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
radiatsiya maydonlarining turli xil boshlang‘ich holatlari uchun ochiq va yopiq kvant tizimlarini tavsiflovchi matematik modellar qurilgan;
yopiq va ochiq kvant tizimlarining matematik modellari uchun differensial tenglamalar va matematik operatorlarni echish usullari ishlab chiqilgan;
foton statistikasi va maydonning klassik bo‘lmagan hususiyatlari aniqlangan; 
atom Vehrl entropiyasi, atom Vehrl zichligi va atom Fisher ma’lumotlarining kvant chalkashlik kvantifikatorlari aniqlangan;
Fisher kvant ma’lumotlari va fon Neyman entropiyasi o‘rtasida monoton bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan; 
Kerr muhiti, siqish va ajratish kabi parametrlarning Vehrl entropiyasi evolyusiyasiga ta’siri va kvant Fisher ma’lumotlariga ta’siri aniqlangan;
kvantli Rabi modellarining aniq echimi topilgan; 
atom-atom chigalligi va fon Neyman entropiyasini o‘lchashda negativlik baholari olingan;
Kerr muhiti va buzilish kabi asosiy parametrlarining kvant Fisher axborotiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Radiatsiya maydonlarining turli xil boshlang‘ich holatlari uchun ochiq va yopiq kvant tizimlarini tavsiflovchi matematik modellarni qurish va atom-maydon tizimining chigallashi hamda statistik xossalari asoslanib kvantli axborot kvantifikatorlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
atom Vehrl entropiyasi, atom Vehrl zichligi va atom Fisher ma’lumotlarining kvant chalkashlik kvantifikatorlaridan xorijiy ilmiy jurnallarda (Expert Systems with Applications, Volume 94, 2018, Pages 1-10; IET Biometrics, Volume 6, Issue 2, 2017, Pages 97-107; Multimedia Tools and Applications volume 79, 2020, Pages 22497-22523) klassik maydonda entropiyaning siqilish evolyusiyasiga ta’sirini aniqlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ko‘z to‘rlari orqali shaxsni identifikatsiya qilish usulini takomillashtirish imkonini bergan;
Fisher kvant ma’lumotlari va fon Neyman entropiyasi o‘rtasida aniqlangan monoton bog‘liqlikdan xorijiy ilmiy jurnallarda (Physica A: Statistical Mechanics and its Applications Volume 466, 15 January 2017, Pages 521-536; Appl. Math. Inf. Sci. 7, No.5, 2013, Pages 1809-1817; Biocybernetics and Biomedical Engineering, Volume 37, Issue 1, 2017, Pages 143-158) Reni va Sallis entropiyalari parametrlarining tasvirlarni segmentlash sifatiga ta’sirini aniqlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tasvirlarni segmentlashda Reni va Sallis entropiyalari parametrlarining optimal qiymatini topish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish