Shukurov Axat Axmatovich falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarixiy mavzudagi o‘zbek she’riy dostonlarining til xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1267.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.  
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori (DSc); Yoqubov Sharif, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarixiy mavzudagi o‘zbek she’riy dostonlarining til xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy mavzuda yaratilgan she’riy dostonlar zamonaviy o‘zbek tilining shakllanishida muhim manba bo‘lganligi dalillangan va umumxalq tilining adabiy tilning boyishi, mukammallashuvi  kabi lingvistik imkoniyatlarini namoyon qiluvchi muhim manba ekanligi aniqlangan;
tarixiy mavzudagi o‘zbek she’riy dostonlarida qo‘llanilgan metafara, metanimiya kabi badiiy tasvir vositalari va poetizm(she’riyatga xos so‘z)larning badiiy-estetik vazifalari tarixiy mavzuda yozilgan o‘zbek she’riy dostonlardagi she’riy matnlar asosida dalillangan;
she’riy matnda og‘zaki nutq vositalarining,  sinonimlar, antonimlar va ko‘chma ma’noli so‘zlarning badiiy estetik mohiyatni kuchaytirishi she’riy matnlarda qo‘llanilgan o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish kabi lug‘aviy vositalar asosida dalillangan;
tarixiy  mazudagi o‘zbek she’riy dostonlari matnida qo‘llanilgan til vositalarining nutq jarayonidagi poetik ta’sirchanlik, ifodaga boylik, jonli iboralar(shevaga xos so‘zlar, evfemizm va disfemizmlar)dan foydalanish kabi uslubiy imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy mavzudagi o‘zbek she’riy dostonlarining til  xususiyatlari tadqiqi natijalari asosida:
tarixiy mavzudagi o‘zbek she’riy dostonlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosida olingan ilmiy natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan IOT-2012-1-32 raqamli “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanidan darslik yaratish” innovatsion fundamental tadqiqot loyiha ishini amalga oshirishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy vositalar tahlilidan foydalanish asosida loyiha bo‘yicha bajarilgan tadqiqotning mukammal bo‘lishiga erishilgan;
badiiy obraz yaratishda til vositalarining o‘rni, maqollarning poetik imkoniyatlari haqidagi xulosalardan O‘zRFAQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-A1-G007 “Hozirgi qoraqalpoq tilida naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi (2012-2014) amaliy ilmiy-tadqiqot fundamental loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFAQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 10 dekabrdagi 17.01/129-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi naql-maqollarning til tizimidagi o‘rni masalalarini  yoritishda mukammallikka erishilgan; 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi huzurida tashkil etilgan o‘quv seminarlarda, adabiy-ijodiy to‘garak va tadbirlarda, yosh shoir va noshirlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limining 2021 yil 29 apreldagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar va to‘garak mashg‘ulotlari mazmun jihatidan boyitilib, ijodiy jarayonda til vositalaridan foydalanish ko‘nikmasini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish