Pirnazarov G‘ulomjon Nurboboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari (oliy ta’lim muaccacalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi micolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped277.
Ilmiy rahbar: Quronov Maxammadjon, pedagogika fanlari doktori, profeccor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Recpublika ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, profeccor; Acqarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falcafa doktori (PhD), dosent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularni modernizatsiyalash va modifikatsiyalash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasining “huquqiy bilim”, “munosabat”, “huquqiy madaniyat”ga asoslangan huquqiy madaniyat piramidasi “ijtimoiy kompetensiya” darajasini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni texnologik takomillashtirishga yo‘naltirilgan “Huquqiy madaniyat - kelajakka yo‘l” kompleks ma’rifiy dasturi didaktik mazmunga mos ijtimoiy-pedagogik va qadriyatli yondashuv tamoyillarini (bag‘rikenglik, qiziqarlilik, ixtiyoriylik, yosh va individual xucuciyat, ilmiylik, ochiqlik) kiritish asosida ishlab chiqilgan;
“Legal clinic” (Yuridik klinika), “Street law” (Jonli huquq),  HMV (Huquqiy madaniyat volonterlari) huquqiy-pedagogik texnologiyalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini mental xususiyatlariga ko‘ra rivojlantirish funksiyalarini (muntazamlilik, kafolatlanganlik, muhokama, ijobiy ta’cir) belgilash asosida modifikatsiyalashtirilgan;
yoshlar huquqiy volonterligining talaba-yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishdagi imkoniyatlari (intellektual, tarbiyani baholash, irodaviy element) ijtimoiy hamkorlik yo‘nalishlari (“maqsadli targ‘ibot”, “manzilli targ‘ibot”, “yosh iste’molchilar huquqlarini himoya qilish”, “individual profilaktika”) mazmunini ishlab chiqish asosida rivojlantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:  
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, huquqiy madaniyatning pedagogik mohiyatini ifodalovchi ijtimoiy kompetensiya piramidasi tarkibi, yoshlar huquqiy volontyorligining talaba-yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishdagi imkoniyatlarini takomillashtirish, yosh huquqshunoslar to‘garaklariga doir taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 17 fevraldagi 03/02-192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tizimda talaba-yoshlarni huquqiy madaniyatni oshirish bilan bog‘liq ishlar jarayoni ilmiy-amaliy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni texnologik takomillashtirishga yo‘naltirilgan “Huquqiy madaniyat - kelajakka yo‘l” kompleks ma’rifiy dasturi, didaktik mazmunga mos ijtimoiy-pedagogik va qadriyatli yondashuv tamoyillari (bag‘rikenglik, qiziqarlilik, ixtiyoriylik, yosh va individual xucuciyat, ilmiylik, ochiqlik)ga oid takliflardan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-37 “Inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va rolining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-857-son ma’lumotnomasi). Natijalar soha vakillariga talaba-yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan;
“Legal clinic”(Yuridik klinika), “Street law”(Jonli huquq),  HMV(Huquqiy madaniyat volonterlari) huquqiy-pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini mental xususiyatlariga ko‘ra rivojlantirish funksiyalarini (muntazamlilik, kafolatlanganlik, muhokama,  ijobiy ta’cir) belgilashga oid takliflari PZ-20170930383-“Jamiyatda, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish”  mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-857-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarning huquqiy targ‘ibot yo‘nalishini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish