Raximov Miryoqub Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)”, 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu198.
Ilmiy rahbar: Gasanov Mixail Yusupovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matluba Axmedovna,yuridik fanlar doktori, dotsent;Sattarova Gulnoza Djurakulovna,yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish orqali mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek bekor qilish tartib-taomillarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron ro‘yxatdan o‘tkazishning zarurati asoslab berilgan;
ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqini kasaba uyushmalariga berilishi zarurligi asoslangan;
ish beruvchi tomonidan xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish haqida kamida ikki oy oldin kasaba uyushmasiga axborot taqdim etish, shuningdek, ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazish lozimligi asoslab berilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron mehnat daftarchalarida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilishga doir ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek bekor qilish tartib-taomillarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron ro‘yxatdan o‘tkazishning zarurati asoslab berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13 va 114-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/3-06-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning hisobga olinishi mehnat munosabatlarini raqamlashtirish orqali xodimlar huquqlari himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqining kasaba uyushmalariga berilishi zarurligi asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/3-06-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish jarayonida kasaba uyushmalarining rolini oshirilishiga xizmat qilgan;
ish beruvchi tomonidan xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish haqida kamida ikki oy oldin kasaba uyushmasiga axborot taqdim etishi, shuningdek, ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazishi lozimligi asoslab berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/3-06-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish jarayonida xodimlarning huquqlari himoyasini ta’minlash va kasaba uyushmalari vakolatlarining kengaytirilishiga xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron mehnat daftarchalarida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilishga doir ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish zarurati asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 114, 115, 116-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2019 yil 27 dekabrdagi 04/3-06-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga joriy etilishi raqamli iqtisodiyot sharoitida xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlari himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan.