Berdiyarov Raxmatjon Tojinorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarini soliq organlarining qonunga xilof harakatlaridan fuqarolik-huquqiy himoya qilish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu533.
Ilmiy rahbar: Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridikuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Raxmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori,dotsent, Babakulov Sotiboldi Babanazarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlarini soliq organlarining qonunga xilof harakatlaridan fuqarolik-huquqiy himoya qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy organlar, mansabdor shaxslar, harakatlar (harakatsizlik) tushunchalariga huquqiy ta’rif berish va ushbu turkumdagi nizolardamaxsus sub’ektlar taraflar bo‘lishi mumkinligi asoslantirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi o‘tkazishda elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilib amalga oshirish lozimligi asoslab berilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini eksport va tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikka qo‘llanilgan jarimalarni kamaytirish, to‘xtatish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi asoslantirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatida Biznes-ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini berish lozimligi asoslab berilgan;
Biznes-ombudsmanga tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati berish huquqini belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini soliq organlarining qonunga xilof harakatlaridan fuqarolik-huquqiy himoya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’muriy organlar, mansabdor shaxslar, harakatlar (harakatsizlik) tushunchalariga huquqiy ta’rif berish va ushbu turkumdagi nizolardamaxsus sub’ektlar taraflar bo‘lishi mumkinligitakliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019 yil 24 dekabrdagi “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarorining 3,4,6-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning 2020 yil 5 noyabrdagi 08/UM-532-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ma’muriy organlar, mansabdor shaxslar, harakatlar (harakatsizlik) tushunchalariga huquqiy ta’rif ishlab chiqilishiga hamda davlat organlari hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxsi harakatini qonunga xilof deb topishda taraflar sifatida maxsus sub’ektlar qatnashishi ushbu nizolarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berishga qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi o‘tkazishda elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda amalga oshirish lozimligi haqidagitakliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 4 maydagi 12/21-22-sonma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinganligi sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditida elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni (Biznes-ombudsman) xabardor qilgan holda amalga oshirish orqali tadbirkorlik sub’ektlarini soliq tekshiruvlarida huquqiy himoyasini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini eksport va tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni kamaytirish, to‘xtatish orqali qo‘llab-quvvatlash haqidagitakliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli Qarorining 10-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 4 maydagi 12/21-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga jarima miqdorlari ikki baravar kamaytirishga va tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llanini to‘xtatish asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatida Biznes-ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini berish lozimligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 27 apreldagi yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to‘g‘risida”gi to‘g‘risidagi Qonunining 27-moddasi qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 07 maydagi 06/1-05/2499-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi tadbirkorlik sub’ektlarini huquq va qonuniy manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) orqali O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga murojaat orqali ham huquqiy himoya qilish mumkinligini belgilashga va ta’minlanishiga xizmat qilgan;
Biznes-ombudsmanga tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati berish huquqini belgilash lozimligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 1-moddasi, 20-bandida, “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasi, 20-bandida, “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasi, 16-bandida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 07 maydagi 06/1-05/2499-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati berish imkoniyatini oshirish asosida tadbirkorlik sub’ektlarini sudlarda huquqiy himoya qilishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish