Yuldashev Otabek Abdugaffarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda saylov tizimini demokratlashtirish islohotlari (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Siyos103
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxodir Xojikurbonovich, falsafa fanlar doktori, professor; Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat hokimiyatini shakllantirishda saylov tizimini demokratlashtirish islohotlarini yanada takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda saylov tizimini yanada rivojlantirish orqali davlat hokimiyati organlarini modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi bilan uzviy bog‘liqligi asoslantirilgan; 
rivojlangan mamlakatlarning davlat organlarini shakllantirishda saylov tizimidagi jamoatchilik nazorati o‘rnatishga oid tajribalarini mamlakatimiz saylov tizimida qo‘llash mexanizmlari  ilmiy asoslangan;
demokratik asosda rivojlanib borayotgan davlatlarda sinovdan o‘tgan zamonaviy axborot texnologiyalarini kengroq tatbiq etish mamlakatimizda saylov jarayonlari shaffofligini ta’minlashi va fuqarolarning saylovga bo‘lgan ishonchini oshirishi ko‘rsatib berilgan; 
O‘zbekistonda milliy saylov tizimining takomillashuvi va so‘nggi 4 yil mobaynida shakllangan saylov qonunchiligi davlat boshqaruvida davlat hokimiyati organlarni faoliyati ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi tahlil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda saylov tizimini demokratlashtirish islohotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda saylov tizimini yanada rivojlantirish orqali davlat hokimiyati organlarini modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi bilan uzviy bog‘liqligiga oid takliflar MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 396/4-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar saylov tizimini yanada adolatli va erkin o‘tishi hamda inson huquqlarini to‘la ta’minlashga xizmat qilgan;
 rivojlangan mamlakatlarning davlat organlarini shakllantirishda saylov tizimidagi jamoatchilik nazorati o‘rnatishga oid tajribalarini mamlakatimiz saylov tizimida qo‘llash mexanizmlariga oid takliflar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020 yil 5 oktyabrdagi 01-245-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida tayyorlangan hujjatlarni amaliyotga joriy qilinishi natijasida kengash qoshidagi jamoatchilik bilan ishlash faoliyatini takomillashtirishga, joylardagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirilishiga, ularning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligi yanada  mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
demokratik asosda rivojlanib borayotgan davlatlarda sinovdan o‘tgan zamonaviy axborot texnologiyalarini kengroq tatbiq etish mamlakatimizda saylov jarayonlari shaffofligini ta’minlashi va fuqarolarning saylovga bo‘lgan ishonchini oshirishiga oid O‘zbekiston “Adolat” sotsial - demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial - demokratik partiyasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 01-1/1/187-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida partiyaning dasturlari, yo‘l xaritalari hamda ma’naviy-ma’rifiy rejalarining ilmiy asoslar bilan boyitilgan;
O‘zbekistonda milliy saylov tizimining takomillashuvi va so‘nggi 4 yil mobaynida shakllangan saylov qonunchiligi davlat boshqaruvida davlat hokimiyati organlarni faoliyati ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishiga oid takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 396/4-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar asosida ishlab chiqilgan dasturlar va ish - rejalar saylov davrida tuman va shahar saylov komissiyasi faoliyatini samardorligini  oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish