Ismoilova Sanobarxon Yakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalari (Farg‘ona viloyati misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1111.
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlantirish dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatini joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
mahalliy byudjet xarajatlarini optimallashtirishda iqtisodiy sohaga yo‘naltirilgan mahalliy byudjet xarajatlarini 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi taklif etilgan;
davlat xaridlarida mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan avans miqdorini 15,0 foizdan 30,0 foizgacha oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
byudjetdan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralarning quyi muassasalarida byudjet xarajatlarini rejalashtirishda samaradorlik indikatorlaridan foydala-nishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy byudjetlar xarajatlarining samarali sarflanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
barcha vazirlik va idoralarning byudjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-657-son “2021yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 06/04-02-01-37/239-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yil uchun Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining xarajatlari samaradorlik indikatorlari belgilangan;
rivojlantirish dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-657-son “2021yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 06/04-02-01-37/239-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
mahalliy byudjet xarajatlarini optimallashtirish va soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida iqtisodiy o‘sishga yo‘naltirilgan mahalliy byudjet xarajatlari miqdorini oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-657-sonli “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 06/04-02-01-37/239-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021yilda mahalliy byudjetlardan 2,4 trln. so‘m miqdordagi mablag‘larning hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilishi mo‘ljallangan;
davlat xaridlarida mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan avans miqdorini 15,0% dan 30,0%gacha oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan aprobatsiya uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 06/04-02-01-37/239-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha summasi 1 mlrd so‘mgacha tuziladigan shartnomalarida 30% miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish