Imamova Nasiba Muzafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksport-import va valyuta operatsiyalari hisobini takomillashtirish” 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1644.
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Do‘smuratov Rajabboy Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda eksport-import va valyuta operatsiyalari hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’sischilar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga kiritilgan chet el valyutasidagi ulush qayta baholanib borishi va ulush qaytarilganda valyuta kursidan ko‘riladigan zararni soliq bazasidan chegirish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mahsulotlarni eksport qilganda to‘lanadigan soliq to‘lovlarini shakllantirish va balans valyuta moddalari tarkibi bo‘yicha analitik hisob reestr shakllari ishlab chiqilgan;
chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanalari ro‘yxatiga chet el valyutasida kiritilgan ulushlarning qaytarilishi, qaytarib berish sharti bilan chet el valyutasidagi mablag‘larning olinishi va qaytarilish sanasi to‘g‘risidagi normalarni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarida 2840-yo‘ldagi tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyot va mazkur schyot orqali hisob yuritish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Eksport-import va valyuta operatsiyalari hisobi takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona hisob siyosatiga balansning valyuta moddalari tarkibiga ustav kapitaliga chet el valyutasida kiritilgan hissalarni hamda qaytarish sharti bilan olingan xorijiy valyutadagi qiymatliklarni kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 10 martdagi 03-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi natijasida valyuta ko‘rinishida kiritilgan hissalarning hisobini yuritish va aniq bahosini bilish imkoniyati yaratilgan; 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mahsulotlarni eksport qilganda to‘lanadigan soliq to‘lovlarini shakllantirish va balans valyuta moddalari tarkibi bo‘yicha analitik hisob reestr shakllari “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 10 martdagi 03-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi natijasida nafaqat valyuta ko‘rinishidagi balki balansning boshqa valyuta moddalari to‘g‘risidagi axborotlarni jamlash va foydalanish imkoniyati yaratilgan; 
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda taklif etilayotgan ishchi schyotlar va ularning qo‘llash tartibiga oid taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 10 martdagi 03-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida mahsulot eksportida korxonadan chiqib ketgan, ammo, xaridorga etib borguncha bo‘lgan davrda yo‘ldagi mahsulot, yo‘ldagi tovar, reeeksport va reimport tovarlari hisobini aniq yuritish ta’minlangan; 
chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalari ro‘yxatiga ustav kapitaliga kiritilgan chet el valyutasida ifodalangan ulushlarni qaytarish sanasi to‘g‘risidagi hamda qaytarib berish sharti bilan olingan mablag‘larni olish va qaytarish sanasi to‘g‘risidagi normalarni kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 10 martdagi 03-874-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi natijasida balansning valyuta moddalaridagi operatsiyalarni amalga oshirish sanalari bo‘yicha hisob yuritish to‘liqligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish