Mamajonov Zokirjon Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘xshatish asosidagi she’riy san’atlarning nazariy tavsifi va tasnifi», 10.00.02– O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil31.
Ilmiy rahbar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponetlar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘xshatishning mumtoz she’riyatga xos obrazli tafakkur va badiiy san’atlar tizimidagi o‘rnini aniqlash hamda o‘xshatish asosidagi she’riy san’atlarning strukturaviy va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy san’atlarning an’anaviy tarifi va tasnifidagi farqlarni yuzaga keltirgan omillar aniqlangan;
she’riy san’atlarni yuzaga kelish asosiga ko‘ra tasniflash zarurati isbotlangan;
mumtoz she’riyatga xos obrazli tafakkurda o‘xshatishning o‘rni va ahamiyati ochib berilgan;
tashbihning strukturaviy xususiyatlari, uni turlarga ajratish tamoyillari belgilangan;
o‘xshatish asosidagi san’atlarning tashbih turlari bilan kesishgan nuqtalari aniqlangan;
o‘xshatish asosidagi she’riy san’atlarning fuksional xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
She’riy san’atlarni nazariy tasniflash, ularda o‘xshatishning o‘rni, o‘xshatishni strukturaviy va funksional tahlil qilish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
FA-F1-G040 raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» nomli fundamental tadqiqot loyihasida hamda FA-F1-G039 raqamli «Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish» fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofaqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 14 dekabrdagi FTK-03-13/904-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada adabiy ta’sir muammolariga munosabatda asar strukturasi va poetikasiga daxldor barcha komponentlarning uzviy uyg‘unligiga asoslangan holda xulosalar chiqarishga, Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlash, ularni keng ommaga yaqindan tanishtirish, «Alisher Navoiy» (2 jildlik) qomusi so‘zligini boyitishga erishilgan.
Andijon viloyat teleradiokompaniyasining (2016 yil 19 oktyabrdagi 20-21/90-son ma’lumotnoma) Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan qator ko‘rsatuv va radioeshittirishlarda ularning she’riyati dissertatsiyada o‘rganilgan tashbih, istiora, tamsil, laff va nashr, talmeh, irsol ul-masal kabi she’riy san’atlarga bog‘langan holda tahlil qilingan. Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasini oshirishga erishilgan.