Raxmatov Ziyodullo Nosirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l yo‘lovchi tashish transportida marketing kommunikatsiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 – marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt599.
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Muxtasar Mansurdjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.1.16.02.
Rasmiy opponentlar: Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abdurahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘lovchi tashish xizmatlari bozoridagi raqobat sharoitida marketing kommunikatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimining marketing kommunikatsiyalari strategiyasini rivojlantirishda, ayniqsa xorijiy sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan temir yo‘l marshrutlarida iste’molchilarni optimal segmentlash orqali vagonlar inter’erini ular talabiga moslashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
temir yo‘l korxonalarida marketing kommunikatsiya salohiyatini baholash yondashuvi soha marketing tuzilmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar sifatini mustahkamlashni ( )  e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
temir yo‘l xizmatlarida marketing kommunikatsiyalari ta’sirchanligi va marketing kadrlari tarkibi sifatini mustahkamlash bo‘yicha muallif yondashuviga ko‘ra ( )  sohada yo‘lovchilar aylanmasi ko‘rsatkichining 2025 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing kommunikatsiya xarajatlarini temir yo‘l vokzallarida xizmat ko‘rsatish rejimiga ta’sir qilmagan holda qurilish va sanitariya-epidimialogiya normalari doirasida foydalanish mumkin bo‘lgan maydonlarni ijara shartlari asosida savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil qilish hisobiga qoplash mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yo‘lovchi tashish xizmatlari bozorida marketing kommunikatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimining marketing kommunikatsiyalari strategiyasini rivojlantirishda, ayniqsa xorijiy sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan temir yo‘l marshrutlarida iste’molchilarni optimal segmentlash orqali vagonlar inter’erini ular talabiga moslashtirish taklifi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning 257-M sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning kompaniya marketing faoliyatiga joriy etilishi natijasida tashilgan yo‘lovchilar soni 3,3 foizga ortishiga erishilgan;
temir yo‘l korxonalarida marketing kommunikatsiya salohiyatini baholash yondashuvi soha marketing tuzilmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar sifatini mustahkamlashni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning 257-M sonli buyrug‘i bilan uning faoliyatiga joriy qilingan («O‘ztemiryo‘lyo‘lovvchi» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Mazkur usulning kompaniya marketing faoliyatiga joriy etilishi natijasida marketing salohiyati asosida yo‘lovchi aylanmasini 1,3 foizga oshirishga erishilgan;
temir yo‘l xizmatlarida marketing kommunikatsiyalari ta’sirchanligi va marketing kadrlari tarkibi sifatini mustahkamlash bo‘yicha muallif yondashuviga ko‘ra sohada yo‘lovchilar aylanmasi ko‘rsatkichining 2025 yilga qadar prognoz parametrlaridan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning 257-M sonli buyrug‘i bilan jamiyatning marketing faoliyatini prognoz qilishda foydalanilgan («O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatining 2025 yilga qadar marketing dasturlari va yo‘lovchilar oqimi prognozlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing kommunikatsiya xarajatlarini temir yo‘l vokzallarida xizmat ko‘rsatish rejimiga ta’sir qilmagan holda qurilish va sanitariya-epidimialogiya normalari doirasida foydalanish mumkin bo‘lgan maydonlarni ijara shartlari asosida savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil qilish hisobiga qoplash taklifi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning 257-M sonli buyrug‘i bilan uning faoliyatiga joriy etilgan («O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining marketing kommunikatsiyalari tadbirlariga yillik xarajatga qo‘shimcha 25 foiz mablag‘ ajratilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish