Ataeva Nilufar Salievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya terminlarining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil 570.
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kadirbekova Durdona Xikmatullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasida faol qo‘llaniladigan terminlarning leksik-semantik va derivatsion xususiyatlarini qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasida qo‘llaniladigan terminlarning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik xususiyatlari ochib berilgan hamda affiksal, morfemik-morfologik modellari aniqlangan;
bank-moliya sohasi terminlarining hosil bo‘lishi va shakllanishining asosiy manbalari tilning affiksatsiya, leksik-semantik,  kompozisiya (sintaktik),  konversiya, akronim va abbreviaturalar kabi ichki va so‘z o‘zlashtirish singari tashqi resurslar hisobiga boyishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasiga oid terminologik tushunchalarni shakllanishida morfologik usulning yetakchilik qilishi, o‘zbek tilida sintaktik-morfologik va semantik usullarning sermahsulligi terminlarning funksional-strukturaviy xususiyatlaridagi tafovutlarni aniqlash orqali isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi bank-moliya terminologiyasida qo‘llanilgan terminlarning polisemantik, omonimik xususiyatlari terminlar tarjimasida interferension (to‘sqinlik qiluvchi) omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasida keng qo‘llaniladigan terminlarning leksik-semantik, morfologik-derivatsion, struktur-semantik, semantik-uslubiy, lingvostatistik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi bank-moliya sohasida qo‘llaniladigan terminlarning birinchi, ikkinchi darajali deskriptorlari, assimetrik, tranzitivlik xususiyatlarining ahamiyati kabi nazariy va amaliy xulosalardan OT-F1-176 raqamli «Barqaror iqtisodiy rivojlanishni «yashil» iqtisodiyot asosida ta’minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 3-03-1153-son ma’lumotnomasi). Natijada kontrastli munosabatlarning faollashuvi deskriptorlar semantik jihatdan to‘liq muqobil va sinonim bo‘lish xususiyatlari, bank-moliya terminlarining adekvat muqobili bilan birga yangi leksik-grammatik xususiyatlarini bank-moliya sohasiga oid materiallarni, hujjatlarni to‘g‘ri va adekvat tarjima qilishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya terminlarining leksik-semantik, funksional-semantik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar va amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Liberal Partiyasida saylovoldi ishlarni, saylovoldi platforma dasturlarni ommaviy axborot vositalarida ikki tilda yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasining 2020 yil 7 fevral` 01-27/ 70-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning elektron matbuot xizmatida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlarni,yangiliklarni hamda iqtisodiy soha va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini ikki tilda samarali olib borishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasiga oid terminologik tushunchalarni shakllanishida morfologik, sintaktik-morfologik va semantik usullarga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi tomonidan bank-moliya sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 6 fevral` 180/02-12-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘mitaning halqaro hamkorlik aloqalariga oid hujjatlarni to‘g‘ri hamda adekvat tarjima qilishda, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan memorandumlar, bitimlar, bayonnomalar va shartnomalarni ingliz tilida rasmiylashtirishda xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida bank-moliya sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi), fondi-genofondi, tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi takomili, o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlariga oid takliflardan “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayol assotsiatsiyasida bajarilayotgan FZ-201907261 raqamli “O‘zbekiston ayollar tadbirkorligini xalqaro global indeks talablari asosida yuritish tizimini yaratish” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligining 2021 yil 6 martdagi 02-15/1221-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan natijalar lisoniy-terminologik apparatning muqobil shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish