Shipilova Kamila Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` transporti chiqindilarining atrof-muhitga keltiriladigan zararni baholash (Toshkent shahri misolida)”, 11.00.05 – “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2171.
Ilmiy rahbar: Radkevich Mariya Viktorovna, texnika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Xankelov Tavbay Karshievich  
Yetakchi tashkilot – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` transportidan foydalanish natijasida ajralib chiqqan chiqindilar bilan ishlashda atrof-muhitga etkazilayotgan zararni baholash usulini va zararni kamaytirish bo‘yicha taklif va tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil` transporti chiqindilarining tasnifi “havodagi kislorod siyraklashuvi” ni inobatga olib takomillashtirilgan; 
avtomobil` transporti oqimining shahar atmosfera havosi tarkibidagi kislorod miqdoriga ta’siri qonuniyati aniqlangan;
shahar sharoitida atmosfera havosini tarkibidagi kislorod miqdorini kamayishi qiymatlari aniqlash usuli hudud bo‘ylab avtomobillar tarqalishi va harakat intinsivligini hisobga olib takomillashtirilgan;
avtomobil` tarnsporti chiqindilari bilan bog‘liq ravishda muhitga etkaziladigan zararni baholash usuli havodagi siyraklashgan kislorodning insonga salbiy ta’sirini hisobga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil` transporti chiqindilaridan yuzaga keladigan zararni baholash bo‘yicha olingan natijalar  asosida:
avtomobil` transportining shahar atmosfera havosidagi kislorod miqdoriga ta’siri bog‘liqligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llar  qo‘mitasiga qarashli "Transyo‘lqurilish" davlat unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 20 fevraldagi 03-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihalashtirilayotgan yo‘llarni ekologik baholash to‘g‘risidagi talablarning bajarilishini ta’minlash va avtomobil` yo‘llarining atrof-muhitga ta’sirini baholaydigan ekspertlarning ish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
atmosfera havosidagi kislorod konsentratsiyasini kamaytirishni  aniqlash usullari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llar qo‘mitasiga qarashli "Transyo‘lqurilish" davlat unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 20 fevraldagi 03-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtotransport  chiqindilarining ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni baholash imkoniyati yaratilgan; 
avtotransport chiqindilariga ishlov berish paytida atrof muhitga etkazilgan zararni baholash usuli va avtomobil` transporti chiqindilarining tasnifi "Toshkent ko‘priklaridan foydalanish" unitar korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 20 fevraldagi 03-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l-transport korxonalari faoliyatining atrof-muhitga etkazgan zararini  iqtisodiy qiymatini aniqlash, transport va yo‘l texnikasi chiqindilari bilan ishlash jarayonlarining iqtisodiy samaradorligini  baholash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish