Eshboev Bexzod Tojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo viloyati toponimlarini tadqiq etishning tabiiy geografik jihatlari», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr94.
Ilmiy rahbar: Mirakmalov Mirali Turonboevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: O‘razbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori; Nizomov Asror, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati toponimlarining hududiy tarqalish va nomlanish xususiyatlarini asoslash hamda geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati toponimlarining hududiy tarqalish va nomlanish (toponimik pozitivlik, nisbiy negativlik, o‘zlashma nomlar, toponimik konversiya va transonimizatsiya) jihatlari aniqlangan va ular negizida uchta gidronimik hudud shakllanganligi asoslangan;
viloyat toponimlarining turlari (oronim, potamonim, limnonim, komonim, polisonim), nomlanishining geografik xususiyatlari (orografiyasi, geologik tuzilishi, gidrografiyasi) asosida toponimlarning shakllanishida tabiiy geografik terminlarning roli asoslangan;
viloyat toponimlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va qat’iylashtirishga xizmat qiladigan geografik ob’ektlarning nomlari katalogi, ularning izohi va turkum xaritalari (“Qashqadaryo viloyati gidronimlari xaritasi”, “Fitotoponimlar va zootoponimlarning tarqalish xaritasi”, “Qashqadaryo viloyati oronimlari xaritasi”, “Qashqadaryo viloyati oykonimlari xaritasi”) GAT texnologiyasi asosida yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati toponimlarini qayta nomlash bo‘yicha ishlab chiqilgan toponimik katalog asosida geografik ob’ektlarga nom berish ishlarini monitoring qilish va standartlashtirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qashqadaryo viloyati toponimlarini tadqiq etishning tabiiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati toponimlarining hududiy tarqalish va nomlanish jihatlariga asoslangan xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida viloyat geografik ob’ektlarini nomlash va qayta nomlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 19 apreldagi 30-11-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliy aholi turmushining geografik, tarixiy, milliy, etnik va boshqa xususiyatlariga, O‘zbekiston xalqining milliy an’ana va qadriyatlariga mos bo‘lishiga erishish imkoniyati yaratilgan;
viloyat toponimlarining shakllanishida tabiiy geografik terminlarning rolini aniqlashda toponimlarning turlari, nomlanish jihatlari va geografik xususiyatlariga asoslangan natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida qonun hujjatlariga muvofiq ilmiy asoslangan geografik nom va atamalarning milliy muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 19 apreldagi 30-11-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy komissiyalar faoliyatida geografik ob’ektlarning to‘g‘ri yozilishi va talaffuzini standartlashtirish imkonini bergan;
viloyat toponimlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va qat’iylashtirishga xizmat qiladigan geografik ob’ektlarning nomlari katalogi, ularning izohi va turkum xaritalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida toponimik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish, kartografik, tarixiy va boshqa materiallarni atroflicha o‘rganish, geografik ob’ektlarning nomlarini maqbullashtirishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 19 apreldagi 30-11-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, joy nomlarining geografik kartalarda va boshqa rasmiy xujjatlarda bir me’yorda qo‘llashni muvofiqlashtirish imkonini bergan; 
Qashqadaryo viloyati toponimlarini qayta nomlash bo‘yicha ishlab chiqilgan toponimik katalog O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentida geografik ob’ektlarga nom berish ishlarini monitoring qilish va standartlashtirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 19 apreldagi 30-11-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik ob’ektlarga nom berish va qayta nomlash ishlarini takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish