Toshboeva Barnoxon Odiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinflarda chet tili (ingliz tili) o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 - “Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped428.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora O‘rinboevna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Shomurodova Shaxlo Jahonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda chet (ingliz) tili o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitish tizimi o‘quvchilarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalash va o‘zligini anglashga yordam beruvchi milliy mentalitet, madaniyat, qadriyatlar, urf-odatlar, turmush tarzini sahnalashtirish elementlaridan (autentik asarlardan lavhalar ijro etish) foydalanish kabi texnologiyalar orqali takomillashtirilgan;  
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimini baholashga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish va ularning intellektual profilini hisobga olgan holda o‘quv jarayonida "kuchli tomonlariga" tayanish va "zaif" tomonlarini rivojlantirishda har bir o‘quvchiga uyg‘un va individual yondashuvni ta’minlagan holda metodikada «aqlli yondashuv» (intellectual approach) taqdim etildi va amaliyotda sinab ko‘rildi;  
umumy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini “Ingliz tili” fanidan dastur va darsliklari tahlil qilinib, ingliz tilini o‘qitishda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni egallash darajalari, leksik, grammatik va fonetik qiyinchiliklar tipologiyasi aniqlandi va ularni bartaraf etishda kreativ loyihalash texnologiyalaridan foydalanishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyasini shakllantirishga va nutqiy ko‘nikmalarini o‘stirish va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada ortirishga qaratilgan didaktik, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslangan, rolli o‘yinlar texnologiyasi integratsiyasi asosida takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda chet (ingliz) tili o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni differensial texnologiyalar asosida o‘qitish, nutqiy ko‘nikmalarini o‘stirish va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada ortirishga qaratilgan metodik tavsiyalaridan  OT-A1-118-raqamli “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar topshiriqlarni ruhiy zo‘riqishsiz, oson va muvaffaqiyatli bajarishga ko‘maklashadigan pedagogik usullar va texnologiyalar takomillashtirilgan;   
boshlang‘ich  sinflarda ingliz tili o‘rganishda aniqlangan qiyinchiliklarni har bir o‘quvchiga uyg‘un va individual yondashgan holda, “aqlli yondashuv” (intellectual approach) asosida bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalaridan o‘quv dasturlarining tarkibiy qismlarini, yangi avlod O‘UM yaratishda va o‘quv ishlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 21 yanvardagi 01\11-01\7-42-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan yondashuv o‘quvchilarning chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirgan;
“My English book” o‘quv qo‘llanmasida  taklif etilgan didaktik materiallar, jumladan sahnalashtirilgan darslar, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslangan rolli o‘yinlar, interfaol mashg‘ulotlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 15-oktyabrdagi 01\11-01\07\2279-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy talablar asosida metodik adabiyotlar tayyorlash bo‘yicha markazning darsliklar bazasi yana bir ilmiy-amaliy yordamchi manba bilan boyitilgan;
kreativ, loyihalash, axborot-kommunikatsion texnologiyalar orqali takomillashtirilgan boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning didaktik ta’minotidan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalarida Umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1  darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1142-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida tafakkurini rivojlantiruvchi kreativ topshiriqlar ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘kitishning pedagogik, metodologik va psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan bolalar uchun  tayyorlangan “Ingliz tili saboqlari” va “Ta’lim va taraqqiyot”  nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda (2019-2020 yillar davomida) foydalanilgan (”O’zbekiston” DUK teleradiokanalining 2020 yil 4 dekabrdagi 04\25-1220-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lingvistik kompetensiyani egallanishiga xizmat kiluvchi mashklarning muvaffakiyatli bajarilishini ta’minlash hamda kommunikatsiya va interaksiyaga erishish, yangi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash metodikasi ommalashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish