Kamolova Nargiza Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida Biokimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish », 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2254. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bozorova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashda biokimyo fanini o‘qitishning metodik asosini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy  o‘qitish usullari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar  asosida  oliy ta’lim muassasalarida biokimyoni fanini o‘qitishning metodik tayyorgarlik (boshlang‘ich, tayyorgarlik, asosiy) bosqichlarining tarkibiy qismlari takomillashtirilgan;
zamonaviy axborot muhiti sharoitida oliy  ta’lim muassasalarida  biokimyo fanini o‘qitishda  nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda axborot-kommunikativ texnologiyalari imkoniyatlariga ustuvorlik berish (elektron ta’lim resurslari, elektron o‘quv qo‘llanmalar) asosida biokimyo fanini didaktik ta’minoti kengaytirilgan;
biokimyo faniga oid didaktik ta’minotni kengaytirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida biokimyo fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning biokimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari (ijtimoiy, ma’naviy, psixologik-pedagogik) mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biokimyo fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy axborot muhiti sharoitida oliy  ta’lim muassasalarida  biokimyo fanini o‘qitishdagi funksiyalarini interfaol metodlar va axborot texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar asosida “Biokimyo” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i / 237-070-son nashr ruxsatnomasi). Natijada biokimyo fanini o‘qitish camaradorligini oshirish, talabalarning fanga bo‘lgan ijobiy munocabatini shakllantirish, o‘quv mashg‘ulotlarini innovasion shaklda tashkil qilish imkoniyati ortgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarning biokimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Biokimyo” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i / 237-070-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining biokimyo fanini o‘zlashtirish sifati ortishiga erishilgan;
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining elektron ta’lim resurslaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, kasbiy mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Tadqiqot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 maydagi 02-70-771-son ma’lumotnomasi). Natijada biokimyo fanini o‘qitish mazmuni elektron ta’lim resurslaridan foydalanishga doir ilg‘or yondashuvlar asosida boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish