Isakova Nodira Azzamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy so‘zlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili (“Xalq so‘zi” gazetasi materiallari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil585. 
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida "Xalq so‘zi" gazetasida qo‘llanilayotgan xorijiy o‘zlashmalarning tarkibiy-mazmuniy nuqtai nazaridan ochib berish va o‘zbek tiliga tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zga tildan so‘z olishda kuzatiladigan funksional-semantik va etno-pragmatik xususiyatlar aniqlangan hamda ushbu tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladigan lingvistik atamalarning verbal va noverbal jihatiga ko‘ra farqlanishi ochib berilgan; 
o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy lug‘aviy birliklarning tilga singib ketish va o‘zlashtirilish davri, ko‘lam va mazmuniga ko‘ra qo‘llanish sohasi, muloqot jarayonida moslashish darajasi, etimologik va genetik asosi kabi tamoyillar kognitiv-diskursiv nuqtai nazardan dalillangan; 
so‘z o‘zlashtirishning bevosita va bilvosita amalga oshirilishiga hamda o‘zlashtiruvchi til tizimiga singib ketishiga ta’sir etuvchi etnopragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladigan ikki tillilikning mavjud/mavjud emasligi kabi va ekplisit hamda implisit namoyon bo‘lishi kabi moslashish darajalari ishlab chiqilgan; 
yangi o‘zlashmalarni taqdim etayotgan madaniy axborot mazmuniga mos ravishda tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan kalkalash, muqobil tarjima qilish kabi turli usullar bilan transkripsiya yoki transliteratsiya orqali tarjima qilinishi faktik materiallar asosida dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga kirib kelgan o‘zlashmalarning tarkibiy-mazmuniy tuzilishi, qo‘llanish sohasi va yasalish xususiyatlarini ochib berish, tarjima muammolarini bartaraf qilishga doir tajribalarga tayanib ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
o‘zlashmalarning yasalish qonuniyatlarini o‘rganish asnosida tadqiqot natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan OT-F8-062 “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89.03-5228-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek matbuoti, xususan, “Xalq so‘zi” gazetasi maqolalarida qo‘llanilgan xorijiy o‘zlashmalarni tahlil qilish, ularning o‘zbek tiliga o‘zlashish qonuniyatlarini o‘rganish hamda ularning yasalish usullari derivatsion munosabatlarini o‘rganish imkoni yaratilgan;
qiyosiy-tipologik tahlillar natijalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89.03-5228-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy o‘zlashmalarni o‘rganish, ularni qo‘llash zaruriyati/ noo‘rinligini belgilash, ularning bosma va elektron lug‘atlarini tuzish ӽaqidagi fikrlardan, shuningdek, qiyosiy tilshunoslik soӽasidagi bilim-ko‘nikmalarni shakllantirish ӽamda ta’lim tizimi jarayonini mustaӽkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratiladigangan qo‘llanma, maqola va tezislar yozishda tavsiyalar berilgan;
o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy lug‘aviy birliklar o‘zlashtirilish davri, qo‘llanish sohasi, moslashish darajasi, genetik asosi haqidagi xulosalar ta’lim berish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 89.03-78-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet til o‘zlashmalari genetik asoslari, yasalish qonuniyatlarini o‘rganish mavzulari o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Nutq madaniyati” kabi fanlarni o‘qitish malaka talablariga singdirilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish