Mirzaev Abdullajon Topilovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turistik-rekreatsiya faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt264.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori; professor; Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik-rekreatsiya faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish tuzilmalari, resurs tuzilmasi, boshqaruv tuzilmasi hamda texnologik tuzilmalarni konsentratsiyalash asosida “hududiy turistik-rekreatsiya majmuasi”ning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish orqali tashkiliy-iqtisodiy samaradorlik asoslangan;
milliy statistika tizimiga turistik-rekreatsiya xizmatlarining rivojlanish holatini baholovchi qo‘shimcha indikatorlarni kiritish orqali ularning sabab-oqibat bog‘lanishini ifodalovchi uzoq muddatli qonuniyatlar asosida rekreantlar sonining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turistik-rekreatsiya xizmatlarini rezervlash mexanizmi raqamli boshqaruv platformalari bazasida global va lokal rezervlash tizimlarini integratsiyalash hamda ob’ektlardagi o‘rin (joy)lardan maksimal foydalanish darajasini ( ) e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
mul`tiplikativ samarani baholash metodikasi yondosh tarmoqlar tomonidan qo‘shimcha o‘sish doirasida qilingan xarajatlar ( )ning prognoz miqdorini integral shaklidagi (   ) vaqtga bog‘liq bo‘lgan va miqdor jihatidan bir birlik mahsulot (xizmat)ga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha xarajat miqdori orqali takomillashtirilgan.
turistik-rekreatsiya tizimlarida boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilish metodikasiga ssenariyli yondashuv bo‘yicha kognitiv modellashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish modeli (to‘lov matrisasi) hamda maqsadli dasturning eng maqbul variantini kiritish orqali boshqaruv samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turistik-rekreatsiya faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish tuzilmalari, resurs tuzilmasi, boshqaruv tuzilmasi hamda texnologik tuzilmalarni konsentratsiyalash asosida “hududiy turistik-rekreatsiya majmuasi”ning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish orqali tashkiliy-iqtisodiy samaradorlik asoslangan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 02-16/2091-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi yuqori resurs salohiyatiga ega hududlarda turistik-rekreatsiya majmualariga rekreantlarni jalb etish va majmua tarkibidagi korxonalar quvvatini 12-15%ga oshirgan;
turistik-rekreatsiya xizmatlarining rivojlanish holatini baholovchi milliy milliy statistika tizimiga turistik-rekreatsiya xizmatlarining rivojlanish holatini baholovchi qo‘shimcha indikatorlarni kiritish orqali ularning sabab-oqibat bog‘lanishini ifodalovchi uzoq muddatli qonuniyatlar asosida rekreantlar sonining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 02-16/2091-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida soha faoliyatini statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish bilan birga ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida xizmatlarni rivojlantirish hamda korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish, tarmoq raqobat ustunligidan foydalangan holda hududlarni muvozanatli rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligi 8-12 %ga ortgan; 
turistik-rekreatsiya xizmatlarini rezervlash mexanizmi raqamli boshqaruv platformalari bazasida global va lokal rezervlash tizimlarini integratsiyalash hamda ob’ektlardagi o‘rin (joy)lardan maksimal foydalanish darajasini ( )e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 02-16/2091-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik-rekreatsiya korxonalarida yaratilayotgan xizmatlarga bo‘lgan yashirin talabni real talabga aylantirish va, bu bilan, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qisqa vaqtda o‘rtacha 21-27 %gacha ortgan  hamda sohada mavjud bo‘lgan mavsumiylik omili salbiy ta’sir darajasi 12-15 %ga pasaygan;  
mul`tiplikativ samarani baholash metodikasi yondosh tarmoqlar tomonidan qo‘shimcha o‘sish doirasida qilingan xarajatlar ( )ning prognoz miqdorini integral shaklidagi (   ) vaqtga bog‘liq bo‘lgan va miqdor jihatidan bir birlik mahsulot (xizmat)ga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha xarajat miqdori orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 02-16/2091-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori turistik-rekreatsiya salohiyatiga ega hududlarda mezo darajadagi rivojlanish dasturlarini amalga oshirish ssenariylarini ishlab chiqish aniqligi 7-11% ga ortgan;
turistik-rekreatsiya tizimlarida boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilish metodikasiga ssenariyli yondashuv bo‘yicha kognitiv modellashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish modeli (to‘lov matrisasi) hamda maqsadli dasturning eng maqbul variantini kiritish orqali boshqaruv samaradorligini asoslash bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 02-16/2091-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori turistik-rekreatsiya salohiyatiga ega Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Andijon viloyati Xonobod shahri, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida mavjud nisbiy ustunliklardan kelib chiqib, shahar va tumanlarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini turistik-rekreatsiya sohasi dominantligi asosida  ta’minlash yo‘nalishidagi taraqqiyot strategiyalari ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish