Djalilov Anvar Abdugafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tarkibida sintetik tolalar mavjud ko‘p qatlamli qog‘oz va kartonning bosma xossalari”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2.PhD/T736
Ilmiy rahbar: Eshbaeva Ulbosin Jamalovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: matbaa sanoatida o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini bosish uchun tarkibida sintetik tolalar mavjud ko‘p qatlamli qog‘oz va kartonning bosma xossalarini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p qatlamli o‘ram turlari uchun mahalliy ishlab chiqarish chiqindilaridan qog‘oz va karton olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
ko‘p qatlamli o‘ram qog‘ozi va kartoni olish uchun ikkilamchi polietilentereftalatning dietilenglikol` bilan alkogolizi asosidagi elimlovchi moddalardan foydalanib qog‘ozni mustahkamligini oshirish usullari ishlab chiqilgan;
ko‘p qatlamli kompozision qog‘oz va kartonning fizik-mexanik va bosma-texnik xususiyatlari va qog‘oz kompozisiyasi tarkibining bosma nusxalari sifatiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
qog‘oz tarkibiga kiritilgan elimlovchi moddalarning ko‘p qatlamli kompozision qog‘oz va kartonning fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga ta’siri darajasi aniqlangan;
tajribani matematik rejalashtirish usulidan foydalanib ko‘p qatlamli o‘ram qog‘ozi va kartonlarida bosishda bo‘yoqni qabul qilish regression modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyodan foydalanib yangi tarkibli ko‘p qatlamli kompozision qog‘oz va karton tayyorlash va bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p qatlamli qog‘oz va karton olish bo‘yicha texnologik reglament va takomillashtirilgan texnologiya Global Komsco Daewoo QK va XS «JUHAL QALIN QOGOZ» MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 12 apreldagi 06-1575-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta sellyulozasi va sintetik tola chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi ko‘p qatlamli qog‘oz va karton olishning texnologik rejimlari takomillashtirilgan;
ishlab chiqilgan ko‘p qatlamli kompozision qog‘oz va kartonlar “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va “G‘.G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 12 apreldagi 06-1575-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida olingan qadoqlash materiallarida sifat bo‘yicha xalqaro talablarga javob beruvchi rangli nusxalar olishga va paxta sellyulozasidan tayyorlangan qog‘ozga nisbatan tannarxni 45% pasaytirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish