Abdullaeva Gulbohor Tolibjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polifenol birikmalarning mitoxondriya funksional parametrlariga ta’siri hamda ularni antigipoksik faolligi», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya, 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/B93.
Ilmiy maslahatchi: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Qurbannazarova Ra’noxon Sharapovna, biologiya fanlari doktori; Zaynobiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmerov Rashid Nasipovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik polifenol birikmalarining kalamush jigari mitoxondriyasi funksional parametrlariga ta’sir mexanizmlarini tadqiq qilish hamda ular asosida yangi antigipoksik vositalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mitoxondriya modelida maxalliy o‘simliklar totim (Rhus coriaria), shotaran (Euphorbia ferganensis B.Fedtch), geran (Geranium sanguineum)dan ajratib olingan polifenol birikmalarning membranafaol xossalari aniqlangan;
polifenol birikmalar quyi konsentratsiyalarda mPTP ochilishini samarali ingibirlashi va mitoKATF–kanali faolligini oshirishi aniqlangan;
rutan, getasan va euforbin polifenollarining antioksidantlik va  antiradikallik faolliklari aniqlangan va ular orasida korrelyasion  bog‘liqligi isbotlangan; 
gipoksiyaning turli modellarida rutan, getasan va euforbin polifenollarining gipoksiyaga qarshi xususiyatlari aniqlangan;  
rutan, getasan hamda euforbin birikmalarining gipoksiyaga qarshi faolligi, kversetin hamda «Meksidol»ga nisbatan samarali ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polifenol birikmalarning mitoxondriya funksiyalariga ta’siri hamda ularni antigipoksik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simlik polifenol moddalari kompozisiyasi asosida diabetga qarshi dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 06027. 2019 y.). Natijada plantaginning antioksidantlik xossalari samarali gipoglikemik dorivor vosita yaratish imkonini bergan;
polifenol birikmalarning mitoxondriya funksional strukturalariga ta’siriga oid tadqiqotlar natijalari impakt faktori yuqori xorijiy jurnallarda polifenollarning biologik faolliklarini aniqlashda va ularning farmakologik ta’sirini tahlil qilishda foydalanilgan (Nova Biotechnologica et Chimica, 2018, V.17 (1), Scopus CiteScore - 1.1; Journal of Microbiology, Biotechnology and Food Sciences, 2019, V.8, Scopus CiteScore - 0.5; Chinese Journal of Applied Ecology, 2018, V.29 (1), Scopus CiteScore - 1.3.  Natijada tadqiq etilgan polifenollar yuqori membranafaollikka egaligini va ularning farmakologik xossalarini aniqlash imkonini bergan;
rutanning antigipoksik va antioksidantlik faolliklaridan FA-A11-T-061 raqamli «Maxalliy o‘simlik xom-ashyosi polifenollari asosida viruslarga qarshi dorivor vosita yaratish» amaliy loyihasida yangi turdagi moddalarni dorivorlik xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 4/1255-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada viruslarga qarshi yangi turdagi samarali dorivor vosita yaratish imkonini bergan; 
getasanning aniqlangan membranafaollik xossalaridan FA-A11-T-061 raqamli «Maxalliy o‘simlik xom-ashyosi polifenollari asosida viruslarga qarshi dorivor vosita yaratish» amaliy loyihasida OIVga (odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi faollikka ega dori vositalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 4/1255-3244-son ma’lumotnomasi). Natijada viruslarga qarshi «Punitan» yangi dorivor vosita yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish